Tashkent International University of Education
KURS ISHI
“Ilmiy tadqiqot va akademik ko’nikmalar”
fanidan
Asosiy g’oya va mazmuni rivojlantirish.
Bajardi:Kadirova Dildora UB-1-01
Ta’lim yo’nalishi: Biznes menejment
Tashkent – 2022 y.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1. Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari
2.Biznes tuzilmasi.
3. Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning, ayniqsa strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lishi muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo`lmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o`tish bilan tavsiflanadi. Bu o`z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o`z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona muhitida tashkilotni maqsad sari yo’naltirish, menejerlarning strategik rejalarini va vazifalarini amalga oshirish, tanlangan strategiyani hayotga tadbiq etish kabi faoliyatlarni bajarishga to’g’ri keladi. Strategik boshqaruv - bu korxona mavqeini mustahkamlashga, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga va muayyan natijalarga erishishga qaratilgan boshqaruv rejasidir. Korxonalarda boshqarish tizimini barpo qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning turiga to`la mos keluvchi boshqaruv yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir bo`g`inining ishlab chiqarish texnika, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha hamma funktsiyalarning bajarilishi zaruratidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv funksiyalarini samarali taqsimlash boshqaruv maqsadini aniq belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va tashkilotlarda, xususan loyihalar tashkilotlarida hamon boshqaruv tuzilmasida ortiqcha bo`g`inlar mavjud bo`lib, bular o`z navbatida yuqorida ta`kidlaganimizdek, strategik boshqaruvda mehnat unumdorligining pasayishiga va pirovard natijada korxonaning yakuniy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablariga moslashtirish, ya`ni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanganligi ham mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |