Implusning chegaraviy parametrlari faol muhit tavsiflari bilan bog`liqligi



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə1/4
tarix25.01.2023
ölçüsü240,5 Kb.
#80582
  1   2   3   4
  • IMPLUSNING CHEGARAVIY PARAMETRLARI FAOL MUHIT TAVSIFLARI BILAN BOG`LIQLIGI

  • Kuch impulsi
  • Impuls lotincha "impulsus" so'zidan olingan bo'lib, "turtki" degan ma'noni bildiradi.
  • Jismlarning o'zaro ta'siri natijasi kuchdan tashqari ta'sirlashish vaqtining davomiyligiga ham bog'liq. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazib ko'raylik.
  • 1-tajriba. Osmaga jismni ip orqali 84-rasmda ko'rsatilgandek osib qo'yaylik. Birinchi galda jismning ostiga bog'langan ipni sekin-astalik bilan pastga tortamiz. Bunda jismni tayanch bilan bog'lab turgan ip uziladi. Ikkinchi galda ipni tez, ya'ni siltab pastga tortamiz. Bunda jism ostidagi ip uzilishiga guvoh bo'lamiz. 2-tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq bo'lgan ikkita taxtachani ustma-ust qo'yaylik. Ostdagi taxtachaga ip bog'langan bo'lsin. Birinchi galda ostdagi taxtachani sekin-asta tortamiz. Bunda ostki va ustki taxtacha bir-biriga nisbatan siljimasdan stol ustida sirpanadi. Ikkinchi galda ostdagi taxtachani tez, ya'ni siltab tortamiz. Bu holda ustki taxtacha ostki taxtacha ustida sirpanib orqaroqda qoladi yoki tushib ketadi (85-rasm).
  • Ikkala tajribadan xulosa chiqarish mumkinki, haqiqatan ham, jismlarning o'zaro ta'siri natijasi faqat kuchga emas, balki uning ta'sir vaqti davomiyligiga ham bogiiq. Shuning uchun kuch impulsi degan kattalik kiritilgan.
  • Kuch impulsi jismga ta'sir etayotgan kuchning shu kuch ta'sir etgan vaqtga ko'paytmasiga teng, ya'ni:
  • I=F*t
  • Xalqaro birliklar sistemasida kuch impulsining birligi N • s. 1 N • s li impuls – bu 1 s davomida ta'sir etuvchi 1 N kuch impulsidir.
  • Kuch impulsi vektor kattalik bo'lib, uning yo'nalishi kuchning yo'nalishida bo'ladi. Jism impulsi
  • Kamdan kam uchrasada, avtomashinalarning to'qnashib ketishi, ba'zi hollarda-yo'l chetidagi simyog'och, daraxt yoki boshqa narsalarga borib urilishi sodir bo'lib turadi. Masalan, agar avtomobil 30 km/soat tezlikda yo'l chetidagi simyog'ochga urilsa, simyog'och shikastlanishi yoki yiqilishi mumkin. Agar shunday tezlikda kelayotgan velosiped simyog'ochga urilsa, simyog'och shikastlanmaydi. Chunki velosipedning (haydovchi bilan birgalikda) massasi avtomobilning massasidan ancha kichik.

Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin