Informatika ta'limida Web-texnologiya-lardan foydalanish



Yüklə 68,33 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü68,33 Kb.
#161165
5-Amaliy mashg’ulot


5-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu. Informatika ta'limida Web-texnologiyalardan foydalanish


Ishning maqsadi. Talabalarga “Informatika ta'limida Web-texnologiya-lardan foydalanish” mavzusi yuzasidan nazariy ma’lumotlarni berish va nazriy ma’lumotlar asosida mazkur mavzu yuzasidan amaliy ishlash malakalarini shakllantirish.
Ish jixozi. Darslik, Mavzuga doir internet sayt materiallar.
Nazariy qism:
Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlanishini web texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Web texnologiyalari deganda - web ilovalar hosil qilish, web saytlar tashkil qilish, tarmoq va texnologiyalar jamlanmasi tushuniladi. Web texnologiyalarida quyidagi 3 ta asosiy tushuncha mavjud:
Web sahifa
 Web sayt
 Web server
Web sahifa o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus brauzer dasturlar orqali ochiladigan va ko’riladigan elektron hujjatdir. Web sayt bir nechta web sahifalarning mantiqiy va funksional jihatdan birlashtirilgan sahifalar to’plami. Web server tarmoqqa ulangan kompyuter hisoblanib umumiy resurs va dasturlarni boshqaradi. Web sahifa va web saytlar bilan ishlash uchun eng keng tarqalgan texnologiya WWW texnologiyasidir. Umumiy holda web texnologiyalarni quyidagi sxema ko’rinishida tasvirlash mumkin.

1.1. World Wide Web
1Internet texnologiyalari Internetning paydo bo’lishi tarixi 60-yillarning oxirida Amerika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projecj Agenci tashkiloti) hisoblash tarmog’iga borib taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan.
1980 yillar boshlarida ma'lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli TCP/IP (Transmissyon Control Protocol / Internet Protocol) ga asos solindi. Taxminan shu vaqtda ma'lum bo’ldiki, TCP/IP dan turli milliy va xalqaro darajadagi kompyuter tarmoqlarini bog’lashda foydalanish mumkin ekan.
1989 yilning oxirida ARPANet mukammal holga yetib keldi, lekin bu vaqtga kelib ko’pgina universitetlar va ilmiy muassasalar Internetga ulangan edilar. 1990 yillar boshlarida korporatsiyalar ham Internetdan elektron pochta orqali ma'lumotlar almashishda aktiv ishtirok etardilar. U vaqtlarda Milliy Ilmiy fond tijorat maqsadida Internetdan foydalanishni ta'qiqlagan edi.
1991 yilda bu cheklash bekor qilinadi va Internetdan tashkilot, muassasa, nodavlat tashkilotlarining foydalanish darajasi ortdi, shuningdek, tijorat maqsadida Internetdan keng foydalanila boshlandi (Internet magazinlar, Internet reklamalar va h.k.).
WWW (World Wide Web) – butun jahon tarmog’i. Ayni mana shu xizmat Internet bilan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi.
WWW asosida to`rtta poydevor mavjud:
1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli)
2. Gipermatn
3. Hujjatlarni ko`rish uchun maxsus dasturlar
4. Yagona manzilni ko`rsatish tizimi Hujjatlarning yagona formati (shakli)
Internetda barcha hujjatlar HTML (Hyper Text Markup Language – Gipermatnni belgilash tili) formatida tuziladi.
HTML yordamida yozilgan hujjatlarni web-hujjat yoki web-sahifa deb atashadi. Birorta foydalanuvchi yoki tashkilotga qarashli bo`lgan, bir-biriga bog`langan web-sahifalar to`plami SAYT deb aytiladi. Aslida web-sahifa oddiy matndan iborat va uning fayl kengaytmasi ―*.htm‖ yoki ―*.html‖ bo`ladi. Matnning o`lchamini, rangini, shaklini o`zgartirish uchun HTML teg (belgi)lari qo’llaniladi.
HTML teglari yordamida sahifaga rasm, video o`rnatish, orqa fon (ko`rinish), musiqaviy ijro va yana ko`p narsalar qo`shish mumkin. Natijada, oddiy matn chiroyli va qulay ravishda taqdim etiladi.
Gipermatn WWW xizmatining eng inqilobiy qismi gipermatn orqali umuman klaviaturaga tegmasdan, faqat sichqonchaning chap tugmasini chertish yordamida Internetda sayohat qilish mumkin.
Gipermatnning asosiy elementi giperko`rsatkich – tarmoqdagi boshqa hujjatga ko`rsatkich bo’lib, ular ikki xil: matn va grafik.
Ko’rsatkichni aniqlash uchun web-sahifa ko’rilyatganda sichqoncha belgisi ―qo`l‖ ko`rinishiga o`zgarsa, demak sichqonchaning tagidagi element giperko`rsatkichdir. Matn ko`rsatkichlar, odatda, oddiy matnlardan ajralib turishi uchun, tagida chiziqchali va boshqa rangda bo`yaladi.
Grafik ko’rsatkich Giperko`rsatkichga chertsangiz, huddi sehrli ravishda boshqa sahifaga o`tasiz. Hech qanday sahifaning manzilini, hech qayerga kiritish shart emas, chunki giperko`rsatkich barcha kerakli ma`lumotga ega.
Brauzer web-sahifalarni ko’rish dasturi Brauzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo`yicha ma`lumotni ekranga chiqaradi.
Teglar, o`zlari, ekranda aks ettirilmaydi. 1993 yilda birinchi web-brauzer Mosaic paydo bo’ldi. Bugungi kunda yuz xil brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.
Topshiriqlar:

  1. Web texnologiyalar tushunchasini tariflang

  2. Web texnologiyyaga asoslangan pedagogic sayt sturuktruasini tuzing.

Yüklə 68,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin