INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY CONFERENCE
“INNOVATIONS AND TENDENCIES OF STATE-OF-ART SCIENCE”
web:
http://ijournal.uz/
188
YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH
TARTIBI
Komilova Laylo
Shahrisabz tibbiyot texnikumi
Milliy istiqlol va huquq fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yuridik shaxs va jismoniy shaxs deb nega
aytilishi va ular to’g’risidagi tayanch ma’lumotlar. Soliq nimaligi va uning turlari.
Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa solish tartibi
va tamoyillari haqida
ma’lumotlar kiritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Huquq, shaxs, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, majburiyat,
mulk, soliq.
Annotation
: why this article says a legal entity and an individual, and the
basic information about them. What is the tax and its types. Information on the
procedure and principles of taxation of legal entities and individuals is included.
Keywords
: Law, person, legal entity, individual, obligation, property, tax.
Yuridik shaxs – fuqarolik huquqlari va majburiyatlarining aniq sub’ektidir.
Keng ko’lamda tushuntiradigan bo’lsak, yuridik shaxs bu fuqarolik huquq va
majburiyatlarining sub’ektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar va
shaxslar. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga ko’ra, yuridik
shaxslar o’zining mulkida, xo’jalik yuritishida
yoki operativ boshqaruvida
alohida mol- mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-
mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga
INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY CONFERENCE
“INNOVATIONS AND TENDENCIES OF STATE-OF-ART SCIENCE”
web:
http://ijournal.uz/
189
ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara
oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilotdir.
Yuridik
shaxslar mustaqil balans va smetaga ega bo’lishlari kerak.
Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi hisoblangan
alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar)ni
ifodalovchi tushunchadir. U jamoaviy tuzilma bo’lgan yuridik shaxsdan farq
qiladi. Ya’ni: jismoniy shaxs bemalol o’z nomidan ish yuritadi –
faoliyat
yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani qonunda
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi majburiy emas. Jismoniy shaxs
mulkka oid huquqi asosida mol- mulkka ega bo’lishi,
uni meros qilib olishi
mumkin, shuningdek vasiyat qilib ham qoldirishi mumkin. Bankda o’z
jamg’armalarini ham saqlash va boshqa turli xil huquqlarga ega.
Soliq – davlat paydo bo’lgandanoq vujudga kelgan. Davlatlarning faoliyat
ko’rsatishida eng asosiy moddiy omil bu soliqlardir. Soliqlarsiz davlatlar faoliyat
ko’rsata olmaydi. Shu sababli soliqlarning amal qilishi jamiyatda ob’ektiv
zaruriyat hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o’zlariga yuklangan soliq
qonunchiligi hujjatlarida keltirilgan vazifalarni to’laqonli bajarishlari uchun ham
nazariy jihatlarini, ham yuridik shaxslardan olinadigan
soliqlarning iqtisodiy
mazmunini va ob’ektiv zarurligi, umumiy asoslarga ega bo’lgan soliq
qonunchiligi
tamoyilllari, soliqlar va majburiy to’lovlar tizimi, yuridik
shaxslardan olinadigan soliqlarning turlari va yuridik shaxslarni soliqqa tortish
mexanizmining amaldagi holatini chuqur egallagan bo’lishi zarur.
Va buning
uchun esa yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani ham yaratilgan.
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani pul munosabatlarini ifodalovchi
soliqlarning mohiyati; ularning to’g’ri va egri soliqlarga bo’linishi;
budjetga
tushish nuqtai nazaridan umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlarga bo’linadi;