O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining umumiy harbiy
majburiyatni bajarishi va harbiy xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
64-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
2-modda. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan
hamda O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
asoslanadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan
iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
3-modda. Umumiy harbiy majburiyat va Vatanga qasamyod
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini
himoya qilishga
majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
(bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) safini to‘ldirishni va ularning rezervini
tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni
harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga
chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi
xizmatni,
muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini
muhofaza etish tadbir-
choralarini qamrab oladi.
Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:
harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan
shaxslar — chaqiriluvchilar;
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar;
Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;
turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu
jumladan iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.
Haqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha
oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar
tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha
yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida quyidagi mazmunda Vatanga qasamyod
qabul qiladilar:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar
ekanman, davlatim timsoli bo‘lmish muqaddas bayroqni o‘pib, buyuk
ajdodlarimning pok ruhlari
oldida, vatanim oldidagi burchimni halol bajarishga bel bog‘lab, vijdonim, or-nomus va sha’nimni
o‘rtaga qo‘yib:
O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bo‘lishga,
Vatanimning mustaqilligini,
uning sarhadlarini, ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini,
milliy manfaatlarini so‘nggi nafasimgacha himoya qilishga,
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g‘arazli harakatlarga
qarshi ayovsiz kurashishga,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlari va umumharbiy nizomlarga qat’iy amal
qilishga, davlat va harbiy sirlarni saqlashga,
Quruqlikda, suvda, havoda — har qanday sharoitda ham o‘z burchimni vijdonan bajarishga,
Har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning
yuksak ishonchini
oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!”.
(3-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Muqaddam Vatanga qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarga
jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida Vatanga qasamyod qabul qiladilar.
(3-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Vatanga qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki
xizmat nizomi bilan belgilanadi.
(3-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya,
harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi.
(3-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuni
bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)