Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

8-modda. Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati
Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga
majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida
taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri taqozo etadigan
tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy
xizmat turidir.
Rezervchilar sifatida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida
tariqasida, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi
ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy
prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb
etilishlari mumkin.
Harbiy yig‘inlarni o‘tash muddatlari ushbu Qonunning 
32-moddasida 
belgilanadi.
Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham O‘zbekiston Respublikasiga qarshi
harbiy tajovuz tahdidi va mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganida, tabiiy ofatlar hamda
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga
binoan qo‘shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo‘yicha foydalanilishi mumkin.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Qurolli Kuchlar rezervchilarining xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rezervidagi xizmat
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin