436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb
20-modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmatga olish uchun quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
1) muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari
huzuridagi Rahbariyat kengashi (bundan buyon matnda Rahbariyat kengashi deb yuritiladi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida — harbiy-
tibbiy komissiya (bundan buyon matnda harbiy-tibbiy komissiya deb yuritiladi);
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi
(bundan buyon matnda butlash komissiyasi deb yuritiladi);
2) muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy
xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun — tuman (shahar)
mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy
komissiya deb yuritiladi);
3) chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga
yuborish uchun — mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya (bundan buyon
matnda hududiy tibbiy komissiya deb yuritiladi).
LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori . Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning tuzilishi va faoliyatini tashkil etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha
komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar,
Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida nizom . Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi
nizomga
muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Oldingi tahrirga qarang.