Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

21-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga
chaqirilish muddatini kechiktirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga
chaqirilish muddatini kechiktirish hududiy komissiyaning qarori asosida ularning oilaviy sharoitiga
ko‘ra, salomatligiga ko‘ra, o‘qishni davom ettirishi uchun amalga oshiriladi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son “O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 
qarori
.
Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga
chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga ko‘ra kechiktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqishi shart bo‘lgan
mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onaning mehnatga qobiliyatsizligi
qonunchilikka muvofiq aniqlanadi;
(21-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning qaramog‘ida
o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga
yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;
3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni
o‘tayotgan bo‘lsa;
4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo‘lsa;
1
2


Oldingi
 tahrirga qarang.
5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan xotini va voyaga
yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa.
(21-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan
yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kamida besh yildan beri o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar
uning ota-onasiga tenglashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda ikkinchi qismining 
1-bandida 
ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar o‘z roziligi va ota-
onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy xizmatga chaqirilish muddati
kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan
chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar
o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar
kechiktiriladi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar
o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik
harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli 
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y.,
03/19/564/3690-son)
Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish
huquqidan mahrum bo‘ladilar.
Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, shuningdek ushbu
Qonunga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish
uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilmagan shaxslar chaqirilish kuni yigirma yetti yoshga
to‘lguniga qadar Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin