joyidagi o‘rtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanib qoladi.
Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan fuqarolar kirish
imtihonlarini topshirish
uchun zarur vaqt davomida ishdan ozod etiladi, ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib
qoladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari tomonidan
dispanser yoki statsionar
tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada bo‘lgan
butun davri mobaynida ish joyi,
egallagan
lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv
joyiga borish va u erdan
qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (o‘qish) joyida qoplanadi.
Statsionar davolanishga
yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
ish joyida qonunchilikda
belgilangan tartibda to‘lanadi.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan
fuqarolarga qonunchilikka muvofiq boshqa imtiyozlar va kafolatlar ham belgilanishi mumkin.
(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: