436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb
IV. HARBIY XIZMATNI O‘TASh 26-modda. Harbiy xizmatni o‘tash tartibi. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun hamda
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan
belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom . Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar
(starshinalar) va kichik ofitserlar uchun — qirq besh yosh;
Oldingi tahrirga qarang. katta ofitserlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I rang kapitanlari) uchun — ellik besh yosh;
(26-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun —
oltmish yosh etib belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek
egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, sog‘lig‘ining
holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy
xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar
berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan
besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)