(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Muqobil xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkaziladi.
40-modda. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik tatbiq etiladi.
Muqobil xizmat muddati mehnat stajiga qo‘shiladi.
Muqobil xizmatni o‘tayotganda mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar va halok bo‘lgan
fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq
muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan nafaqalar va pensiya ta’minoti
olish huquqiga ega.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro uni belgilangan joyda o‘tashi, qonunchilikda nazarda
tutilgan talablarga, ish joyida amal qiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek mehnat
shartnomasi (kontrakti) shartlariga rioya etishi shart.
(40-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro rahbarlik va saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallashi,
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi mumkin emas.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar falokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini
bartaraf qilish ishlariga jalb etilgan taqdirda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana
shu oqibatlarni bartaraf etish komissiyalari yoki shtablarining joylardagi rahbarlari tomonidan
belgilanadigan maxsus vazifalarni bajaradilar.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro ushbu xizmatdan bo‘shatilganidan keyin ilgarigi ishiga
yoki unga teng ishga (lavozimga), shuningdek chaqirilishga qadar o‘zi o‘qigan ta’lim muassasasiga
qaytish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: