Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

V. REZERVDAGI XIZMAT
30-modda. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasi. Rezerv darajalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga bo‘linadi.
Tarkib
Chegara yoshi
1-daraja
2-daraja
Oddiy askarlar va serjantlar
35 yoshgacha
45 yoshgacha
Kichik ofitserlar
40 yoshgacha
50 yoshgacha
Katta ofitserlar
50 yoshgacha
55 yoshgacha


Generallar
55 yoshgacha
60 yoshgacha
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ikkinchi daraja rezervida bo‘lish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda bo‘lish
yoshining chegarasi hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda
harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga
majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
31-modda. Rezerv toifalari
Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga bo‘linadi.
Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan hamda xizmatni
o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar
orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Birinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot
bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun
mo‘ljallangan.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan, shuningdek
safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan ikkinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar
orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi.
Ikkinchi toifani rezerv Qurolli Kuchlarning qismlari hamda ichki va texnik ta’minot
bo‘linmalarini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun,
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuzaga
kelgan taqdirda urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
Rezervga o‘tkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborilishi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin