VI. MUQOBIL XIZMAT 37-modda. Muqobil xizmat tushunchasi Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv bo‘yicha
harbiy xizmat o‘rniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan
(yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar
oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida turidir.
O‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, harbiy ro‘yxatda turuvchi va xizmatga
chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar, agar ular diniy ta’limoti qurol-yarog‘dan foydalanish va Qurolli
Kuchlarda xizmat qilishga yo‘l qo‘ymaydigan, ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar,
muqobil xizmat huquqiga ega.
Muqobil xizmatning muddati yigirma to‘rt oyni, oliy ma’lumotli fuqarolar uchun esa o‘n sakkiz
oyni tashkil etadi.
LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizom . 38-modda. Muqobil xizmatga chaqirilish, uni o‘tash tartibi Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladiganlar
uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish va o‘tkazish esa hududiy
komissiyalar va tuman (shahar) hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakatning boshqa mintaqalaridagi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘taydilar. Bunday korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning ro‘yxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar shug‘ullanishi mumkin
bo‘lgan ishlar va kasblarning turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi to‘lanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan summalar
respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi muqobil xizmat
tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.
Muqobil xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
belgilanadi.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son “Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori .