Tibbiy tayyorgarlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan
ro‘yxatdagi tegishli harbiy ixtisoslikka turdosh kasb bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan ayollar
harbiy ro‘yxatga kiritiladi. Ular tuman, shahar mudofaa ishlari organlarining chaqiruviga binoan
tibbiy ko‘rikdan o‘tish va harbiy ro‘yxat qoidalarini bajarish uchun hozir bo‘lishlari shart.
Harbiy ro‘yxatga olish tartibi va uni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadigan Harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
(42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi
O‘RQ-38-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi
Nizom.
Dostları ilə paylaş: