Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga va harbiy xizmatga



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

15-modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga va harbiy xizmatga
tayyorgarlik. 
Jismoniy 
tayyorgarlik. 
Davolash-sog‘lomlashtirish 
ishlari. 
Umumta’lim
tayyorgarlik darajasini oshirish. Chaqiriluvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
(15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda,
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida, mudofaa ishlari boshqarmalari
huzuridagi markazlarda yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari doirasida,
shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari, mudofaa-sport sog‘lomlashtirish
lagerlarida amalga oshiriladi.
Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan davolash-sog‘lomlashtirish ishlari ularning turar
joylarida, o‘qish yoki ish joylarida sog‘liqni saqlash organlari tomonidan davolash, davolash-


profilaktika va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida o‘smirlar xonalarini tashkil etgan holda
uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi.
O‘n besh va o‘n olti yoshdagi o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chaqiriluvchilarni tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazishga mudofaa ishlari organlari tomonidan jalb etiladigan mutaxassis vrachlar
tomonidan har yili amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi organlari chaqiriluvchilarning umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish
yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasalari
tomonidan amalga oshiriladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat birlashmalari va
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul
qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin