Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

16-modda. Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash
mazkur muassasalarda tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim
fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda)
amalga oshiriladi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalari, shuningdek
tibbiy oliy ta’lim muassasalarining talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Harbiy tayyorgarlikka yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga
yaroqli talabalar jalb qilinadilar.
Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tishga qabul qilish ularning shaxsiy arizalariga binoan
ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalar ham rezervdagi va
zaxiradagi ofitserlar ta’limi dasturi bo‘yicha harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, ta’lim
dasturini o‘zlashtirgan va belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan talabalar ularga leytenant
unvoni berilganidan keyin haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar yoki rezerv yoxud zaxiraga
o‘tkaziladilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlik ta’limidan o‘tmagan
talabalar ta’lim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy
xizmatni o‘tash uchun chaqiriladilar.
Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari yo‘nalishi,
rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, agar bu ta’lim
muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur
ta’lim muassasalarining aniq maqsadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan
nazoratni, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari
lavozimlariga ofitserlarni oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar


bilan kelishilgan holda tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv
bo‘linmalarining o‘qituvchiligiga va boshqa lavozimlarga harbiy xizmatchilarni tayinlash oliy ta’lim
muassasalarining rektorlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining harbiy lavozimlariga tayinlangan harbiy
xizmatchilar harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlardan
foydalanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
,
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 5-
dekabrdagi 33, 24-2017-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida
rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash
tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
 nizom
.
(16-moddaning oltinchi – o‘n birinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi
O‘RQ-38-sonli 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin