436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb
14-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi Oldingi tahrirga qarang. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi mudofaa ishlari
boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash
markazlarida (bundan buyon matnda mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlar deb
yuritiladi) amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Oldingi tahrirga qarang. Yo‘nalishi bo‘yicha harbiy hisobdagi ixtisosliklarga turdosh o‘rta professional va o‘rta maxsus
professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chaqiriluvchilar harbiy-texnika mutaxassisliklari
bo‘yicha bevosita shu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
(14-moddaning ikkinchi qism O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Oldingi tahrirga qarang. Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda harbiy-texnika mutaxassisliklari
bo‘yicha tayyorgarlikka o‘n yetti yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli hamda
tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilar jalb
etiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etilgan fuqarolarning
mashg‘ulotlarda ishtirok etishi majburiydir.
Harbiy-texnika
mutaxassisliklari
bo‘yicha
tayyorgarlikdan
o‘tishi
lozim
bo‘lgan
chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ularning tayyorgarlik dasturlari O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda
tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Chaqiriluvchilarning mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini
moliyalashtirish Mudofaa vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va
moliyalashtirishning qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga
oshiriladi.
(14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang.