Inson va kasb mundarija: kirish I bob. Inson va kasb



Yüklə 143,56 Kb.
səhifə1/7
tarix21.12.2023
ölçüsü143,56 Kb.
#188945
  1   2   3   4   5   6   7
INSON VA KASB

INSON VA KASB



MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………..………3

I BOB. INSON VA KASB…………………………………………………..….6


1.1. Kasb – inson ish faoliyati…………………………………………..………..6

1.2.Shaxsni o`rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o`ziga xosligi………..14

II BOB. SHAXSNING IJTIMOIY USTANOVKALARI………………….….18


2.1.Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi…………….…18
2.2.Inson xayotida va uning shaxsning shakllanishida kasblarga qiziqtirish…….26
XULOSA…………………………………………...………..…………………...32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma'naviy komil insonlar ta'lim-tarbiya olish hamda bu ta'lim va tarbiyani yanada boyitishlari, amaliyotga tatbiq eta olishlari bilan ajralib turadilar. Ta'lim- tarbiya insonda ma'lum bir kasb-hunarga qiziqish, shu kasb orqali o'z hayotini tuzish, kelajagi uchun zarur bo'lgan manbalarni vujudga keltirishni shakllantirib boradi. Insoniyat paydo bo'libdiki, u har doim o'zini boqish, ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo'ldan bormoqda. Inson o'z ehtiyojlarini eng avvalo, oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechaklarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan.
Insoniyat hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni qondirish davomida yangi kasblar ham paydo bo'lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming), O'zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. Shuni aytish kerakki, kasb-hunar va uning egalari azaldan xalqimiz tomonidan e'zozlanib kelingan. O'zbekistonda hozirda bilimdon, o'z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o'z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko'proq talab qilinmoqda. Shunga asosan, O'zbekiston Respublikasida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb va katta e'tibor berilayotgan masaialardan biri bo'lib turibdi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda yoshlarning kasb-hunar egasi bo'lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, ularni o'zlari qiziqqan kasblarni egallashi, hayotda o'z o'rinlarini topa olishlari zaruriy jarayon hisoblanadi.
Kasb-hunarli bo'lish inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o'z asarlarida aytib o'tganlar. Misol uchun, Kaykovus o'zining «Qobusnoma» asarida shunday yozadi: «Bas, agar aqling bo'lsa hunar o'rgang'il, nedinkim hunarsiz aql - boshsiz tan, suratsiz badandekdir... Ey farzand, ogoh bo'lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf yetkurmas»1.
Hozirda o'sib kelayotgan yoshlar o'z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan kasbni tanlab olishlari va o'z hayotlarini mazmunli, yaxshi o'tkazish uchun intiladilar. Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o'rni va ahamiyati juda katta.

Yüklə 143,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin