39
madaniyatli rahbar; kechirim so’rash; ochiq chehra; stol; telefon; qog’oz;
baland ovoz; tilaklar.
Nazorat savollari:
1.
Rahbar xodimlar qaysi fazilatlariga qarab tanlanadi?
2.
Rahbar etiketi deganda nimani tushunasiz?
3.
Muomala qilish qoidalariga
rioya qiladigan
va
muomala
vositalaridan to’g’ri foydalanadigan hamda faoliyati hurmatsizlikka,
sabr–toqatsizlikka va beodoblikka asoslangan xodimlar rahbarligida
ishlashning qanday salbiy tomonlari bor?
4.
Rahbarning xayrxohligi, rostgo’yligi, o’z so’zi ustidan chiqa olishi,
vaqtida bajarishi deganda nimani tushunasiz?
5.
Rahbarga, uning xayrxohligi, rostgo’yligi, o’z so’zining ustidan
chiqishi va vaqtida bajarishidan tashqari, yana qanday talablar
qo’yiladi?
6.
Rahbar xodimlarning huzuriga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish
madaniyati nimalarni o’z ichiga oladi?
7.
Madaniyatli rahbar tashrif buyuruvchilarni qanday qilib kutib olishi,
suhbatlashishi va xayirlashishi kerak?
6. Biznes korxonalarida so’zlashishga qo’yiladigan etik talablar
6.1. Muloqot vositalari
Hayotda har kuni ko’chada, jamoat joylarida, hatto o’quv
muassasalarida va oilada hamda xizmat ko’rsatish korxonalarida qo’pol
va dag’al, hatto xotin–qizlarga nisbatan surbetlarcha munosabat qilishning
guvohi bo’lamiz. Odamlarning bir–birlariga nisbatan bunday qo’pol
muloqot qilishi ular ma’naviy saviyasining pastligi va munosabatga
tushish vositalaridan to’g’ri foydalanaolmasliklarining natijasidir.
Odamlar o’rtasidagi muloqot qoidalarining asosini so’zlar, ovoz
ohangi, bir–birlariga qarab boqish va imo–ishoralar tashkil qiladi. Ular
maxsus adabiyotlarda insoniy munosabat vositalari yoki belgisi deb
nomlanadi. Odamlarning bir–birlariga qarab-boqishi, so’zlarni tanlab
ishlatishi va talaffuz qilish ohangiga qarab ular to’g’risida juda ham ko’p
narsani bilib olish mumkin.
So’z munosabatga tushish vositalarining eng muhimi hisoblanadi.
So’zlar orqali odamlar bir–birlariga jipslashadi, jamiyat va odamlar
faoliyati boshqariladi, kerakli ma’lumotlar olinadi, ta’lim tarbiya ishlari
amalga oshiriladi. So’z orqali bir–birlariga bo’lgan munosabatlarini,
40
shodu–hurramliklarini, his-tuyg’ularini, fikr–takliflarini, yo’l–yo’riqlarini
dunyoqarashlarini va hatti – harkatlarini ifodalaydi.
O’zaro munosabatning asosiy vositasi sifatida biznesmenlar uchun
so’zning ahamiyati juda ham katta. So’zlarning ahamiyati ularni tanlab
talaffuz qilish bilan bevosita bog’liq. Ba’zi bir so’zlar juda ham yoqimli,
nazokatli, muloyim, suhbatdoshning qo’log’iga yoqadigan va kayfiyatini
ko’taradigan bo’ladi; ba’zilari esa, qo’pol, dag’al, ko’ngilni qoldiradigan,
kayfiyatni buzadigan bo’lishi mumkin. Shu sababli ham madaniy biznes
munosabatlarida aytiladigan so’zlarning ma’nosiga, yoqimli so’zlarni
tanlab ishlatishga, ularning mazmunini yetkazish ohangiga, qarab–
boqishiga, yuzi va ko’zining holatiga, imo–ishoralarga katta ahamiyat
berish talab qilinadi, chunki yomon so’z, imo–ishoralar va qarab–boqishlar
muloqot ishtirokchilarining ko’nglini “jarohatlashi” ochiq chehra va
nazokat bilan aytilgan so’zlar esa suhbatdosh ko’nglini “davolash” va
kayfiyatini yaxshilash xususiyatiga ega.
Biznesmenlarning bir–birlari va hamkorlari bilan qiladigan
munosabatlari fikrning ravon bayon etilishini, qo’llanishdan chiqgan
ko’cha so’zlarini hamda suhbatdosh ko’nglini ranjitadigan va behayo
iboralarni ishlatmaslikni, nojo’ya gaplarni gapirmaslikni, sheva so’zlarni
ishlatmaslikni, o’z fikrlarini faqat adabiy tilda bayon etishni hamda
so’zlashishning neytral uslublaridan foydalanishni talab qiladi. Bundan
tashqari o’zaro va rasman munosabatlarda suhbatdoshning lavozimini,
yoshini, jinsini, dinini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda
muloqot qilish lozim.
Muomala
qilish
madaniyati
biznesmenlardan
bir–birlarining
fikrlarini buzmasdan oxirigacha tinglashni va tinglash davrida
chehrasining ochiq bo’lishini va barcha hatti–harakati bilan suhbatdoshga
bo’lgan hurmatini o’zining chehrasida va hatti–harakatlarida ifodalab
turishlarini taqozo qiladi.
Ma’naviy madaniyatli va ma’rifatli biznesmenlar hamda hamkorlar
o’rtasidagi muloqot tarzi butun bir san’at hisoblanadi. Shuning uchun
tomonlarning muomala qilishiga qarab suhbatdoshning madaniyati,
saviyasi to’g’risida aniq ma’lumotlar olish mumkin. Madaniyatli va yuqori
saviyali biznesmenlar o’rtasida bo’ladigan muloqot boshqa tinglovchilar
uchun katta maktab bo’ladi desa xato bo’lmaydi.
So’zlardan tashkil topgan gaplar mazmuni muloqot davrida
suhbatdoshga har xil (yuqori, past, goho yuqori, goho past, baqiriq, uzik–
uzik) ohanglar yordamida suhbatdoshga yetkaziladi. Biznesmenlarning
suhbatlashishida, bahslashishida, savollarga javob berishida, birovlarning
41
fikrini mulohaza qilishida va tarbiyaviy jarayonlarni olib borishida ovoz
ohangi katta ahamiyatga ega, chunki to’g’ri va joyida ishlatilgan so’zlar
ham jahl bilan, mensimay, ya’ni kamsitib yoki qo’pol holda talaffuz
qilinganda dilga ozor beradi, suhbatdosh va boshqa muloqot
ishtirokchilarida yomon taassurot qoldiradi. Ohangi me’yorida talaffuz
qilingan yoqimli va to’g’ri so’zlar suhbatdoshga dalda beradi, kayfiyatni
ko’taradi, ya’ni qo’llab–quvvatlash siriga ega. Shu boisdan ham muloqot
qilish davrida gapiriladigan gaplar ohangiga katta e’tibor berish lozim.
Biznesmenlarning bir–birlari va rahbar xodimlarning qo’l ostidagi
kishilar bilan muloqotga tushishida qarab–boqishlar ham juda katta
ahamiyatga ega, chunki ochiq tabassumli chehra va xushmuomalalik
suhbatdosh ko’nglining ochiqligidan va sizga nisbatan hyech qanday
g’arazi yo’qligidan darak beradi. Yomon qarashlar va xumraygan chehra
odamning badjahlligi, tajangligi va siz bilan gaplashish hohishi yo’qligi
belgisi hisoblanadi.
Imo–ishoralar ham biznesmenlarning hamkasblari, hamkorlari va
boshqa kishilar bilan munosabatga tushishda katta ahamiyatga ega. Imo–
ishoralar odamlar his–tuyg’ularining, fikr va kayfiyatlarining ovozsiz “tili”
deb ataladi. Ular ham ochiq ko’ngilli, xafa qiladigan, chiroyli yoki qo’pol
bo’lishi, moyillik yoki xushko’rmaslikni keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, muloqot davrida imo-ishoralardan ko’p foydalanish odamning
hovliqmaligi, o’zini tutaolmasligi, tajang va yig’noq fikrsizligining belgisi
hisoblanadi. Xuddi shuningdek muloqot davrida gavdaning holatiga ham
e’tibor berish, uning g’ayriixtiyoriy holatda bo’lishiga yo’l quymaslik,
qashinmaslik, hatto oilada ham ochiq esnamaslik, muloqot joylarida
tuplamaslik, nos yoki sigaret chekmaslik kerak, chunki bunday hatti–
harakatlar o’ta madaniyatsizlik va boshqalarga nisbatan hurmatsizlik
belgisi hisoblanadi. Shu boisdan biznesmenlar muloqot vositalarining
ushbu vositalaridan juda ham ehtiyotlik bilan foydalanishlari kerak.
Xatosiz, kerakli joyida, to’g’ri va adabiy tilda talaffuz qilingan
so’zlar muloqotni yana ham zebi–ziynatli, tushunarli va ta’sirli qiladi.
Biznes, korxonalarida bo’ladigan muloqotni quyidagilarga bo’lish
mumkin:
-
binesmenlarning bir–birlari bilan muloqoti;
-
xizmat iste’molchilarining biznesmenlar bilan muloqoti;
-
biznesmenlar va biznes korxona rahbarlari o’rtasidagi muloqot;
-
ushbu korxona biznesmenlarining boshqa biznesmenlar bilan
muloqoti.
42
Kim kim bilan muloqotga tushishidan qat’iy nazar, ikki tomon ham
muloqot vositalaridan to’g’ri foydalanishlari va muloqot davrida
umuminsoniy munosabat qoidalariga itoat qilishlari shart.
Dostları ilə paylaş: |