INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2022/14
39
OMONQORA (QORAQOVUQ) – (UNGERNIA) DORIVOR
O‘SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
VA GENETIK O‘ZGARUVCHANLIGI
O‘razboyeva Malohat Shodiyor qizi
O‘ZMU Jizzax filiali “Biotexnologiya” yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
Mamatqulova Iroda Ergashevna
O‘ZMU Jizzax filiali “Biotexnologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi
E-mail:
malohat.ochilova.97@bk.ru
ANNOTATSIYA
Ilmiy tibbiyotda galantamin alkaloidining
bromgidrat tuzi miasteniya
(muskullarning patologik kuchsizlanishi yoki soxta falajlik), miopatiya (muskullarning
kichrayishi va asta-sekin quvvatsizlana borishi), poliomiyelit
asoratlari hamda
polinevrit, radikulit
kasalliklarini davolash uchun,
shuningdek nervlarning
shikastlanishida qo‘llaniladi.
Kalit so‘zlar: Viktor omonqorasi, alkaloid, bromgidrat tuzi, galantamin likorin,
miasteniya, radikulit, Severtsov omonqorasi, saponinlar, organik kislotalar, efir moyi,
mikroko‘paytirish, RAPD-tahlil, somaklonal o‘zgaruvchanlik.
Viktor omonqorasi-
Ungernia Victoris Vved. va
Severtsov omonqorasi -
Ungernia
Severtzovii (Rgl) B. Fedtsch turlari uchraydi.
Viktor omonqorasi Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining tog‘larning yon
bag‘irlarida va o‘rta qismidagi tuproqli qiyaliklarda o‘sadi.[2]
Viktor omonqorasi ko‘p yillik, piyozboshli o‘t o‘simlik. O‘simlikning
piyozi
qo‘ng‘ir rangli va yupqa qobiqlarga o‘ralgan. Ildizoldi barglari 7-10 dona, ingichka,
tekis qirrali bo‘lib, ikki qator joylashgan. Gul o‘qi ildizoldi barglari qurigandan so‘ng