Internet-texnologiyalar turlari va IT-aloqa innovatsiyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini aktiv ilmiy va innovatsion faoliyatsiz rivojlantirish mumkin emas. Ma’lumki, aloqa-axborotlashtirish muammolarini o‘rganish, axborotni uzatish, unga ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqarish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «UNICON.UZ» markazi sohaning yetakchi tashkiloti sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va telekommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi, radioaloqa va elektromagnit moslashuvchanlik, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi kabi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqaradi.
Sohaning normativ bazasini rivojlantirish va mukammallashtirish maqsadida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar takliflari asosida har yili Standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkiloti Aloqa va axborotlashtirish sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqarish (qayta ko‘rib chiqish) rejasini tuzadi
Markaz tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlar aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankida saqlanadi. «UNICON.UZ» markazi ilmiy kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratadi. Markaz xodimlari tomonidan har chorakda nashr qilinadigan «Axborotkommunikatsiyalar: tarmoqlar, texnologiyalar, yechimlar» jurnalida va va boshqa ilmiy nashrlarda muntazam e’lon qilinadigan bir qator ilmiy maqolalar tayyorlangan.
Soha korxonalarini faol ilmiy va innovatsion faoliyatisiz rivojlantirish mumkin emas. Bu sohaning ilmiy darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi. Ma’lumki, axborotlashtirish muammolarini tadqiq qilish, axborotni uzatish, ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi
Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali ITmutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda
Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda
Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Hozirgi kunga kelib zamon talabi bo’layotgan suniy intelektni rivojlantirihs sohasiga ham juda ham katta e’tib qaratil bu soha uchun turli investorlarni jalb qilib asosiy invistitsiyalar kiritish davom etmoqda.
Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma'lumotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda yurtimizda ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo'nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Sun'iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi. Bundan tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyortadqiqotchilikka 14 ta qabul kvotasi ajratildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishi bo'yicha saralab olingan 10 nafar yosh olim 2021-2022 yillarda etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladi.
Sun'iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo'llabquvvatlash doirasida umumiy qiymati 15,1 mlrd. so'm bo'lgan, davomiyligi 2021 – 2024 yillarga mo'ljallangan 9 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan har yili o'tkaziladigan Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi “Innoweek.uz-2021” doirasida esa joriy yilning 24 noyabrida “Sun'iy intellekt – texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT http://fayllar.org