1.O’zbekiston Respublisaning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
-1992 yil 20-iyun
-1997 yil 29-avgust
-2020 yil 23-sentyabr
-2020 yil 19-may
2.O’zbekiston Respublisaning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning maqsadi?
-Yuqori malakali, raqobatbardosh, jahon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash
Ushbu Q-onunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
-Mamlakatizmizda eskitdan qolgan mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish
-Maktab ta’limi sifatini oshirish
3.Davlat ta’lim standarti nima?
-davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui
- malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi
-ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar
-shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan ko‘nikmalar darajasi
4.Davlat ta’lim talablari deganda nimani nazarda tutamiz?
-ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
-davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui
-malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi
-shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi
5.Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari kimlar?
-ta’lim oluvchilar, voyaga etmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari
-ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon
-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon
-o’qituvchi va o’quvchilar
Dostları ilə paylaş: |