Inventarizatsiya o‘tkazish haqida



Yüklə 137,08 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.09.2023
ölçüsü137,08 Kb.
#150420
Hujjat



24.07.2023
113
-um-son 
Inventarizatsiya o‘tkazish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda 
tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) Inventarizatsiyani tashkil 
etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 19-sonli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya 
hisobining milliy standartiga asosan boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalari 
foydalanuvidagi tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy vositalari va boshqa inventar 
jihozlarning to‘liq va sifatli saqlanishi ta’minlash, tovar moddiy qimmatliklar 
talon–taroj qilinishi va o‘zlashtirish holatlarining oldini olish, shuningdek, moddiy 
qiymatliklar ishonib topshirilgan moddiy javobgar shaxslar ustidan nazoratni 
kuchaytirish maqsadida
B U Y U R A M A N:
1. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi, viloyat idoraviy notarial va 
FHDY arxivlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, DXM, FHDY bo‘limlari hamda 
yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining barcha tovar-moddiy qimmatliklari, 
asosiy vositalari va boshqa inventar jihozlarining saqlanishi va mavjudligini 
aniqlash yuzasidan 
joriy yilning 1-avgust kunidan 20-sentyabr kuniga
qadar 
inventarizatsiya o‘tkazilsin.
2. Inventarizatsiya o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi quyidagi tarkibda 
tuzilsin:
Komissiya raisi:
Boshqarma boshlig‘ining 
birinchi o‘rinbosari M.Hatamov
Komissiya raisi o‘rinbosari:
Boshqarma boshlig‘ining
o‘rinbosari A.Raxmatov
Komissiya a’zolari: 
Davlat xizmatlari markazlari
va FHDY organlari faoliyati
muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i A.Ismoilov
Raqamlashtirish bo‘yicha 
bosh maslahatchi
M.Eshboltayev


Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i I.Mamatqulov
Xo‘jalik faoliyati va mehnatni 
muhofaza qilish bo‘yicha 
bosh maslahatchi X.Nuraliyev
Moliya-iqtisod sho‘basi 
kichik mutaxassisi D.Beknazarova
Tegishli viloyat idoraviy notarial va FHDY arxivlari, tuman (shahar) adliya 
bo‘limlari, DXM, FHDY bo‘limlari hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari 
rahbarlari.
3. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin.
- boshqarma va uning tarkibidagi barcha bo‘linmalariga ajratilgan asosiy 
vositalarni joyiga chiqqan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish;
- barcha asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklar qoldiqlarini aniqlash, 
asosiy vositalarga inventar raqamlarining to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash;
- mavjud asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bilan taqqoslash;
- haqiqatda mavjud va balans hisobida tafovut aniqlangan ortiqcha mol-
mulklarni o‘rnatilgan tartibda balansga kirim qilinishini yoki kamomad 
aniqlanganda aybdor shaxslar tomonidan mol-mulkni undirish choralarini ko‘rish;
- inventarizatsiya natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlani rasmiylashtirish va 
rahbariyatga axborot kiritish;
- yaroqsiz asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish 
bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi adliya 
vazirligiga kelishish uchun yuborilishini ta’minlash;
- inventarizatsiya natijasi bo‘yicha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan dasturga takliflar tayyorlanishini ta’minlash.
4. Komissiya tomonidan boshqarma balansidagi mavjud barcha asosiy 
vositalar va tovar-moddiy qiymatliklari 2023-yilning 1-avgust kuni holatiga 
inventarizatsiyadan o‘tkazilsin.
5. Inventarizatsiya natijasida ko‘p yillar davomida foydalanish natijasida 
yaroqsiz 
holatga 
kelib 
qolgan 
asosiy 
vositalar 
va 
tovar-moddiy 
qiymatliklarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 29-avgustda 
1401-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish 
tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada 
belgilangan tartiblarda hisobdan chiqarilishi ta’minlansin.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Asos: Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i I.Mamatqulovning bildirgisi.
Boshqarma boshlig‘i birinchi 
o‘rinbosari
M.HATAMOV


Surxondaryo viloyati

Yüklə 137,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin