Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash mundarija



Yüklə 197,29 Kb.
səhifə1/9
tarix07.01.2024
ölçüsü197,29 Kb.
#207761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
investitsiya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash

MUNDARIJA:


Kirish 3
Asosiy qism 3

  1. BOB. Investitsion risklarning mazmun mohiyati hamda ularni boshqarishning nazariy va uslubiy jihatlari

    1. Investitsion loyihalarda risklar, ularni tuzilishi va kelib chiqish sabablari….5

    2. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda risklarni hisobga olish va ularning turlari………………………………………………… 14

    3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni aniqlash va baholashning nazariy-uslubiy asoslari .19

  1. BOB Investitsion risklarni baholash va boshqarish amaliyoti tahlili

    1. Rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni boshqarish va baholash amaliyoti tahlili… ..22

Xulosa 25
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 27

KIRISH


Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalari sifatida investitsiyalar tushunchasining bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o‘zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko‘rsatib, uni ochib berishga bo‘lgan zaruriyatni keltirib chiqaradi. Bu tushuncha o‘zi bilan bir qatorda investitsiya siyosati, investitsiya loyihasi, investitsiya dasturi tushunchalari, investitsiya siyosatini olib borish, ular bilan bog’liq bo’lgan risklar, investitsiyalarni moliyalashtirish ularning samaradorligi kabi tushuncha va bilimlarni kashf etilishi ularning bugungi iqtisodiy hayotimizda naqadar muximligini anglab olishimizga sabab bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ustuvor tarmoqlarni texnik-texnologik qayta qurollantirish, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz investitsiya jarayonini takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotning o'sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta'minlovchi muhim omildir. Investitsiyalarni faol jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida iqtisodiyotda amalaga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini soni oshib bormoqda.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish juda katta risklilikni talab etadi, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek bunda loyiha risklarini uning ishtirokchilari o'rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud bo'lishini ham ko'zda tutishi zarur. Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog'liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelishi sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo'yicha tadbirlar haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o'z hissalarini qo'shishlari mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, ularni ekspertizadan o'tkazish, risklilik darajasini baholash borasida ko'pgina tajribalar to'plandi. Biroq, resurslar bazasining va mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, amaliyotda ma'muriy aralashuv holatlarining hali ham to'liq barham topib ulgurmaganligi va boshqalar sabab loyiha risklari ortib ketadi. Bu esa investitsiyalash moyilligini so'ndiruvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Shu jihatdan ham O'zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda ularning risklilik darajasini hisobga olish, baholash va aniqlash, ehtimolligi mavjud bo'lgan risk hamda noaniqliklarni pasaytirish yoki bartaraf etish yo'llarini aniqlash eng muhim vazifalardan hisoblanadiki, aynan mana shu masala hozirgi paytdagi ahamiyati va dolzarbligini tasdiqlab beradi.
O'zbekistonda investitsion loyihalarni moliyalashtirish, ularning riskini baholashning tashkiliy-iqtisodiy masalalarikurs ishining obyekti hisoblanadi.

Yüklə 197,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin