MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI SIRTQI TA’LIM BO’LIMI IQTISODIYOT YO’NALISHI IQTISODIY XAVFSIZLIK FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: “NIMA UCHUN RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH IQTISODIY XAVFSIZK OMILI BO’LIB HISOBLANADI”
Guruh: 923-20 Bajardi: Mustafoyev Abdurahmon Qabul qildi: __________________
Jizzax_2023
MUNDAREJA:
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar.
2. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi…………………………
3. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llari…….. Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin.Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisob-kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet mamlakatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya kabi sohalarda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iborat. Jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizlgini ta’minlash uchun quyidagilarni amalgam oshirish loim bo‘ladi: - eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim bo‘ladi; - mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish, ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, injenering, lizingni rivojlantirish; - chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan o‘zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo tartiblariga erishish; - mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va capital bozorlariga chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; - kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro valyuta moliyaviy muammolarni tartibga solish. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va normalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu normalar, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar, intellektual mehgnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda huquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat yo‘nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi. Iqtisodiy tartibga solish usullari bojxona poshlina (to‘lov)lari, yig’imlari, qo‘shilga qiymat solig’i, aksizlaridan iborat. Huquqiy-ma’muriy usullar litsenziyalash, kvotalash, tovar sifatini sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini o‘rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va xizmatlarning o‘tib turishi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlarni belgilovchi omillar monitoringi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmining eng muhim elementlari iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni belgilovchi omillarni monitoring qilish va prognozlashdir. Monitoring iqtisodiyot xavfsizligi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini kuzatishlarning tezkor axborot-tahliliy tizimi bo‘lib jiddiy tarmoqlararo nomutanosibliklar mavjud bo‘lgan va resurslar, (avvalo, moliyaviy resurslar) nihoyatda taqchil, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar juda o‘zgaruvchan va beqaror bo‘lgan sharoitdagi iqtisodiyotning o‘tish holati uchun katta ahamiyatga ega. Bu hol statistik kuzatish obyektlarini qamrab olishning kompleksliligi, chuqurligi va shakllari, axborotning sifati va tezkorligi borasida davlat statistikasiga qo‘yiladigan talablarning kuchayib borishini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligi nuqtai nazaridan iqtisodiyot va jamiyatni xolisona va har tomonlama monitoring qilish iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining aniq miqdor qiymatlarini tahlil qilish asosida amalga oshirilishi kerak. Agar iqtisodiy xavfsizlik tavsifi taraflarning bir-biriga zid kelmasligini o‘z ichiga olsa, iqtisodiy xavfsizlikning tobora aniqroq toifalari uning ziddiyatli mohiyatidan kelib chiqishi kerak. Iqtisodiy xavfsizlikning ziddiyatli xususiyati to‘g‘risida dastlabki ta’riflar muammoni o‘rganishning muhim bosqichi ekanini tushunish muhimdir. SHaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga bo‘ladigan ichki va tashqi tahdidlarni belgilovchi omillarni monitoring qilish uchun tashkiliy-axborot bazasini yaratish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi.