Iqtisodiyot-84 guruh talabasi Ergashev Muhammadyusuf



Yüklə 59,98 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü59,98 Kb.
#211016
  1   2   3   4
Korporativ moliyada moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari

Iqtisodiyot-84 guruh talabasi

Ergashev Muhammadyusuf

Mavzu: “Korporativ moliyada moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari”

Reja:

I. Kirish. Moliyaviy strategiyani belgilash orqali moliyaviy qarorlar qabul qilishni tashkil etish.

II. Asosiy qism. 1.Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish dominant sohalari tavsifi. 2.Moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil va uning asosiy yoʻnalishlari.

III. Tahlil. Korporativ moliya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlarining oʻzaro ketma-ketligi.

IV. Xulosa.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I.Kirish

Moliyaviy strategiyani belgilash orqali moliyaviy qarorlar qabul qilishni tashkil etish. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish aniq bir rejalarda aks ettiriladi va biznes-rejalarda oʻz aksini topadi. Biznes uchun rejani tuzish quyidagi uch bosqichni o‘z ichiga oladi: a) Biznesning maqsad va vazifalarini belgilab olish. b) Mumkin bo‘lgan muqobil variantlarni aniqlash. c) Qo‘shimcha variantlarni ishlab chiqish va belgilab olish.


Korxonaning samarali faoliyat yuritishini belgilab beruvchi moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishning quyidagi ahamiyatli jihatlarini koʻrsatib oʻtish mumkin: 1.Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yaxlit korxona va uning alohida tarkibiy boʻlinmalari oldiga qoʻyilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning uzoq muddatli umumiy va moliyaviy maqsadlarni amalga oshirish mexanizmini belgilab beradi. 2.Moliyaviy strategiya korxonaning real moliyaviy imkoniyatlarini baholash, ichki moliyaviy imkoniyatlardan maksimal foydalanish va moliyaviy resurslar tezkor aylanuvchanligini ta’minlash imkonini beradi. 3.Moliyaviy strategiya tashqi omillarning tezkorlik bilan oʻzgarishi jarayonida paydo boʻladigan yangi istiqbolli investitsion imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. 4.Moliyaviy strategiyani ishlab chiqish moliyaviy rivojlanishning mumkin boʻlgan variantlarida ta’sir etuvchi tashqi omillarni hisobga oladi va korxona faoliyati uchun salbiy oqibatlarni minimal darajaga pasaytirish imkonini beradi. 5.Korxonaning moliyaviy faoliyatini uning raqobatchilari bilan solishtirish orqali afzallik jihatlarini taqqoslash imkoniyatini beradi. 6.Aniq moliyaviy strategiya korxona moliyaviy faoliyatini strategik, joriy va operativ boshqarishdagi oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlaydi. 7.Korxonada eng muhim strategik moliyaviy qarorlar ijrosini moliyaviy mentalitetga muvofiqlikda amalga oshirishni ta’minlaydi. 8.Moliyaviy strategiya tizimida muhim moliyaviy boshqaruv qarorlarini aniq mezonlar asosida baholash imkoniyati shakllantiriladi. 9.Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya korxonaning umumiy tashkiliy boshqaruv tuzilmalari va tashkiliy madaniyatini strategik oʻzgartirishning dastlabki asoslaridan biri sifatida namoyon boʻladi.

Yüklə 59,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin