Is-lm modeli Reja: is lm modelining moxiyati va ad-as modeli bilan bog’liqligi. Modelning asosiy tenglamalari. Is egri chizig’i va uning tenglamasi. Lm egri chizig’i va uning tenglamasi



Yüklə 32,95 Kb.
səhifə1/9
tarix02.01.2022
ölçüsü32,95 Kb.
#42349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
is lm modeli


Aim.Uz

IS-LM Modeli
Reja:

  • IS - LM modelining moxiyati va AD-AS modeli bilan bog’liqligi.

  • Modelning asosiy tenglamalari.

  • IS - egri chizig’i va uning tenglamasi.

  • LM - egri chizig’i va uning tenglamasi.

  • IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat.



1. IS - LM modelining moxiyati va AD-AS modeli bilan boglikligi.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiktisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta`sirini umumlashtirib tadkik kilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.

IS - LM modeli birinchi marta 1037 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiktisodiy kontseptsiyasini izoxlash uchun taklif etildi xamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar n6azariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr kilinganidan so`ng keng yoyildi. SHu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb xam yuritiladi.

I S - LM modeli kiska muddatli davrga xam tovarlar xam pul bozorida birgalikda muvozanat o`rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda xam iste`mol xam investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste`mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb karaladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat kogozlari ko`rinishidagi kiska muddatli kredit vositalarini oldi sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farklash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy baxosi obligatsiyalar bo`yicha foiz stavkasidir.

IS - LM modeli (investitsiyalar-jamgarmalar, likvidlilikni afzal ko`rish – pul) – yalpi talab funktsiyasini belgilovchi iktisodiy omillarni aniklash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli”*. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining alokasi e`tiborga olingan edi. YA`ni tovarlar va xizmatlar baxolarining ko`tarilishi pulga bo`lgan talabni oshirishi bu esa o`z navbatida foiz stavkasining ko`tarilishiga olib kelishi, okibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko`zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini kiska muddatli davrga aniklashtiradi va bu modelda xar ikkala bozor yagona makroiktisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo`ladi.

Model’ bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga boglik tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.


Yüklə 32,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin