Ish vaqti fondini o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni tahlili reja: Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari



Yüklə 31,26 Kb.
səhifə1/9
tarix16.11.2022
ölçüsü31,26 Kb.
#69425
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
ISH VAQTI FONDINI O`ZGARISHIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLARNI TAHLILI


ISH VAQTI FONDINI O`ZGARISHIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLARNI TAHLILI


Reja:

1.Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari.

2.Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.

Tayanch iboralari:
mehnat unumdorligi; omillar; ichki va tashqi omillar; mehnat unumdorligini oshirishning moddiy-texnika, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy omillari; mehnat unumdorligini oshirish rezevlari; jonli mehnatdan foydalanishni yaxshilash rezevlari, asosiy va aylanma fontlardan yanada samaraliroq foydalanish rezevlari; zahira va nobud bo’lish rezevlari; joriy va istiqbol rezevlari; xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezevlari; umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar.
Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari

Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon tasiri kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasigi omillarni ichkiva tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, darajasini, ishlatilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlashi darajasini, tatbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimlarining ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim berish va ularning malakasini oshirishni kadrlar tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi, hamda uning rahbarlariga bog’liq bo’lgan barchasi kiradi. Tashqi omillarga davlat buyurtmalari va bozordagi talab, hamda taklifning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o’zgarishi, jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlari, boshqa korxonalar Bilan kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minotining pishiq-puxtaligi, tabiiy shart-sharoit va hokazolar taalluqli.
Barcha omillarni o’z ichki mazmuni va mohiyatiga ko’ra, quyidagi uchta asosiy guruhga birlashtirish qabul qilingan:


Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillari (ularga Fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish kiradi), tashkiliy omillar (ularning amal qilishi (ta’siri) shu narsa bilan bog’liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda esa anchamurakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lganlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo’ladi).


Yüklə 31,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin