Ishga marhamat



Yüklə 274,04 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2023
ölçüsü274,04 Kb.
#97828
  1   2   3   4
5-mavzu


Samarqand 2021
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
SAMARQAND SHAHAR “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZI
Tadbirkorlik va biznes asoslari
Mavzu: Biznes reja to’g’risida tushuncha
Biznes-reja tushunchasi
Biznes-reja-bu shunday xujjatki, firmaning unda o'z ishini qanday boshlashi, qanday ishlab chiqarishini samarali yurgizish va tovarni bozorga olib chiqishi, qanday texnologiyani qo'llashi, qachon dastlabki daromad olishi, tavakkalchilik (risk) ni kamaytirishi, sarf-xarajat darajasi va foyda olishi, raqobat kurashida yutib chiqish kabi ko'rsatkichlarning loyihasi o'z aksini topadi.
Beznes-reja korxona (firma)ning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Shu bilan birga firma taraqqiyotining umumiy kontseptsiyasiga asoslanadi, strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy jihatlarini birmuncha batafsil bayon etadi, aniq-tayin chora-tadbirlarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.
Boshqacha qilib aytganda, biznes-reja tadbirkor uchun go'yo bir ish qurolidir, aniqrog'i, kompasdir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o'z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ishning daromaddorligini qay tariqa oshirish mumkinligini ko'rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja firmaga:
1. o 'sib borishga
2. bozorda yangi mavqelarni qo 'Iga kiritishga;
3. o'z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga;
4. yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga;
5.yangi mo'ljallangan amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi;
BIZNES REJA TUZAYOTGANDA BULARGA E’TIBOR BERING
1.Biznes reja yozishdan maqsad nima ekanligini aniqlab oling
Biznes reja nima maqsadda yozilayotganiga qarab turli shaklda bo’lishi mumkin. Biznes rejalar odatda quyidagi maqsadlarda yoziladi:
  • Boshlang’ich sarmoyani taxminan hisoblab chiqish
  • Biznes loyihaning umuman olganda foydali yoki zararli ekanligini bilish
  • Mahsulot yoki xizmatingizni, mijozlaringizni va raqiblaringizni aniqlashtirish
  • Biznes modelingiz, maqsadlaringiz, va bu maqsadga erishish uchun kerakli strategiyalarni belgilash;
  • Biznes loyihangizni boshqalarga (bank, sarmoyadorlar, hamkorlar va h.k.) tushuntirib berish


Yüklə 274,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin