Ishlab chiqarish infiratuzilmasi salohiyati va samaradorligi Reja Kirish



Yüklə 23,59 Kb.
səhifə1/3
tarix19.09.2023
ölçüsü23,59 Kb.
#145294
  1   2   3
Ishlab chiqarish infiratuzilmasi salohiyati va samaradorligi


Ishlab chiqarish infiratuzilmasi salohiyati va samaradorligi
Reja
Kirish
1. Ishlab chiqarish jarayoning mazmuni va o’ziga xosligi
2. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi
3. Ishlab chiqarish samaradorligi, uning ko’rsatkichlari va omillari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitlari.
Kurs ishining maqsadi:
Iqtisodiyotda ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari o’rganish;
Ishlab chiqarishning iqtisodiy hududlarni tashkil etish va amaldagi holatini tahlil qilish;
Kurs ishi obyekti O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan ishlab chiqarish resusrlari hisoblanadi.
Kurs ishi predmenti bo’lib, ishlab chiqarish zonalarni tashkil etishdagi moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishining qisqacha tavsifi. Kurs ishi tarkibi, uchta savollar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi. Ishlab chiqarish jarayoni- bu kishilarning iste'moli uchun zarur bo`lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Bu faoliyat ayriboshlash, taqsimot va iste'mol sohalarida ro`y beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo`nalishini belgilab beradi.


Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir. Ana shu jarayonda kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan munosabatda bo`ladilar. Ayni mehnat jarayonida kishilar bir-birlari bilan munosabatda ham bo`ladilar. Bu munosabatlarning xarakterlarini, shakllarini va xususiyatlarini o`rganish va ishlab chiqarishni ongli tashkil etish iqtisodiyotning bosh masalasini (iqtisodiy resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi) hal qilishning birdan bir yo`lidir.
Mehnat jarayonida mehnat vositalari bilan bir qatorda insonning o`zi ham kamol topadi, mehnat mahorati ortadi. Ishlab chiqarish jarayoni umuminsoniy kategoriyalar jumlasiga kiradi. Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy - texnik ta'minot, kommunal va uy-joy xo`jaliklari, turli xil xizmat ko`rsatish sohalari va boshqalardan iborat. Ma'lumki ishlab chiqarish tizimi ehtiyojlar tizimi bilan bevosita bog`liq. Ehtiyojlar turi qancha ko`p bo`lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o`rganish oson bo`lish uchun ishlab chiqarish ikkita katta sohaga : moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishlarga bo`linadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida zaruriy moddiy ne'matlar ishlab chiqariladi. Nomoddiy sohalarda esa turli xil ma'naviy ne'matlar yaratiladi va xizmatlar ko`rsatiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayoni tovar ishlab chiqarish jarayonidir. Mahsulotning iste'mol xossasi qanchalik muhim bo`lsa, mehnat sarflarini hisobga olish ham shunchalik muhimdir.

Yüklə 23,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin