Islom dinining paydo bo’lishi



Yüklə 39,14 Kb.
səhifə1/4
tarix17.05.2023
ölçüsü39,14 Kb.
#115821
  1   2   3   4
DUNYO VA O\'ZBEKISTON ISLOM DININING MOVQE


DUNYO VA O'ZBEKISTON ISLOM DININING MOVQE
Reja:
1. Islom dinining paydo bo’lishi va ta’limoti.
2. Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar.
3. Qur’onning tarkibi va jamlanishi.
4. Qur’on va hadis-Islomning asosiy manbalari. Mashhur muhaddislar.
Islom dinining paydo bo’lishi.
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir, e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.
Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistoni) paydo bo’ldi. Bu orol arab tilida “Jazirat al-Arab”, ya’ni arablarning yarim oroli degan ma’noni anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar “Arabiston” deb ataydilar.
“Islom” so’zi quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. Itoat va bo’ysunish.
2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish.
3. Sulh va omonlik.
Islom-Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg’ambarlarga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deyiladi. Islomning paydo bo’lishi VI asr oxiri-VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan bevosita bog’liqdir. Xo’sh, bu ijtimoiy-iqtisodiy ahvol nimalarda o’z ifodasini topgan edi?Avvalo, arablarning katta-kichik qabila va urug’larga bo’linib ketganligida. Bunday bo’linish-ular o’rtasidagi doimiy o’zaro urushlarning asosiy omiliga aylangan edi. Bu urushlar faqatgina vayronalik keltirmoqda edi, xolos.
Ikkinchidan, qo’shni davlatlar - Vizantiya imperiyasi, Sosoniy Eroni va Habashiston Arabiston yarim orolida siyosiy birlikning yo’qligidan foydalanib, doimiy ravishda bu o’lkaga hujum qilardilar, arablarni asoratga solardilar. Shunday qilib, VII asrda arablar yagona davlat barpo etishini davr ham taqozo etmoqda edi. Siyosiy jihatdan birlashish, ya’ni yagona Arab davlatini vujudga keltirish-xalqning kuchini tashqi bosqinchilarga qarshi kurash uchun birlashtirish hamda o’zaro ichki urushlarga barham berish vazifasini hal etish lozim edi. Bunday siyosiy birlashuv u davrda faqatgina yakka xudolik dini orqaligina, yagona xudo shiori istidagina amalga oshirilishi mumkin edi, xolos. VI asrda Arabistonda ko’p xudolik dinlari mavjud edi.
Ayni paytda, shuni alohida ta’kidlash joizki, ko’p xudolik vujudga kelayotgan va asta-sekin o’ziga taraqqiyot yo’lini ochib borayotgan yangi tuzum-feodal jamiyatning ijtimoiy va siyosiy talablariga ham muvofiq kelmas edi.
Yuqorida sanab o’tilgan omillar Islom vujudga kelishining obektiv shart-sharoitlarini tashkil etadi.
Islomning paydo bo’lishiga muayyan g’oyaviy muhit-birinchidan, arablar milliy ongining uyg’onganligi, ikkinchidan, haniflar (chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar)ning diniy harakati ham qulay sharoit yaratgan edi. Haniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi ham edi. Hanifiylikning markaziy g’oyasini-yakka xudoga ishonish, qabila xudolariga va mahalliy xudolarga sig’inishdan voz kechish tashkil etardi. Hanifiylar o’z targ’ibotlarida arablarni “og’ir ahvoldan qutqaruvchi xaloskor”ning yaqinlashib qolganligini xabar berar, ilohiy qudratning hukmini sabrsizlik bilan kutib turish lozimligini uqtirar edilar. Ular har narsani yagona xudoning qudrati, uning marhamati yoki g’azabi bilan bog’lar edilar.Ijtimoiy adolatsizlikdan, chet el bosqinchilari, quldorlarning asoratidan bezor bo’lgan qullarning, og’ir ahvolda yashagan arab ommasining qalbida “yagona Allohning adolati”, “Xaloskorning kelishi”, “Dunyoning oxiri” haqidagi targ’ibotlar muayyan tuyg’u, unga ishonish hislarini uyg’otgan. Milodning VI asrida Arabiston yarim orolida hukm surgan davlatlar qulagach, mazkur karvon yo’lining markazida joylashgan Makka Arabiston shaharlarining eng yirigi va ahamiyatlisi bo’lib qolgan. U deyarli hamma tomoni darali tog’lar bilan o’ralgan vodiyda joylashgan. Shuning uchun ham bu yerda hech qachon shahar atrofiga devor qurish zaruratu bo’lmagan. U yerdagi Alloh qudrati bilan yaratilgan deb hisoblanuvchi Zamzam qudug’i, Ka’ba bora-bora Makkani arablarning muqaddas joyiga aylantirgan, uning shuhratini orttirgan. Makkada hech qanday arxeologik ishlar olib borilmagani uchun uning yoshini aniqlashning iloji bo’lmagan. V-VI asrlarda Arabiston yarim orolidagi davlatlar (G’assoniylar, Lahmiylar, Kinda va Himyor) inqirozga yuz tutganligi, so’ngra umuman tarix sahifasidan yo’qolib ketganligi Makkaga qo’l kelgan. Arabistonga qo’shni buyuk davlatlar - Vizantiya va Eronning yarim orol janubi va shimolida o’z hukmini o’rnatgani ham Makka foydasiga hizmat qilgan. Bu davrda Makkada quraysh qabilasi hukmronlik qilardi. Butun quraysh urug’larining hurmat-e’tiborini qozongan shaxs Hoshim edi. Bu hurmat-e’tiborga u oddiy xalqqa, yo’qsillarga xayr-ehson qilish, qurbonlikka mollar so’yib ularni boqish hisobiga erishgan edi.

Yüklə 39,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin