Ixtisoslikka kirish



Yüklə 215,29 Kb.
səhifə1/16
tarix07.01.2024
ölçüsü215,29 Kb.
#205187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ixtisoslikka kirish mustaqil ta`lim ishlanmasi ~


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO-BIOLOGIYA FAKULTETI


MIKROBIOLOGIYA VA BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASI

IXTISOSLIKKA KIRISH”


FANIDAN
MUSTAQIL ISHNI BAJARISH BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMALAR



Bilim sohasi:

700 000- Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

Ta`lim sohasi:

710 000- Muhandislik ishi

Ta`lim yo`nalishi:

60710200 – Biotexnologiya (tarqmoqlar bo`yicha)

Qarshi-2023


Ixtisoslikka kirish fanidan mustaqil ishni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Ixtisoslikka kirish fanining ishchi dasturi asosida tayyorlandi.
Tuzuvchilar: Xayitov I. Yu.
Mikrobiologiya va biotexnologiya
kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi
.
Eshonqulov E.Y.
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi
o‘qituvchisi

Fanning ishchi o‘quv dasturi Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasining 2023 yil “___________dagi № yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan.




Kafedra mudiri: dots. J.P. Sherqulova


Kirish

Ushbu Biotexnologiyaga kirish fanidan Mustaqil ishni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son, “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son, “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonlari, “2019-2023 yillarda Qarshi davlat universiteta talab yuqori bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to’risida”gi 2019 yil 17 iyundagi PQ-4358-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 824-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 30-son buyrug’i hamda Qarshi davlat universitetida ta’limning kredit-modul tizimida o’qishni boshlaydigan talabalar uchun Universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish va talabalarning bilimini nazorat qilish tartibi Akademik qoidalariga asosan ishlab chiqilgan.


Raqamli texnologiyalar jadal sur’atlar bilan o’sib borayotgan hozirgi sharoitda tahsil olayotgan talabalarga kerakli ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari paytida yetkazish qiyin. Talabalar egallaydigan asosiy bilim ko’nikmalari mustaqil ravishda shug’ullangan davrdagina shakllanadi, rivojlanadi va ijodiy izlanishga qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish, zarur sharoitlarni yaratib berish, ularni kitob bilan ishlashga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olishga o’rgatish ta’lim muassasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mutaxassislik fanlaridan mustaqil ish tayyorlash – ushbu fanlardan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarining bir qismini fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyadan tashqarida talaba tomonidan o’zlashtirilishidir.
Mustaqil ta’lim talabaning kafedra (o’qituvchi) tomonidan fan bo’yicha belgilangan topshiriqlarni o’qituvchi rahbarligida, lekin uning bevosita ishtirokisiz bajariladigan rejali ishidir.
Biotexnologiya ixtissosligi uchun Biotexnologiyaga kirish fani bo’yicha tuzilgan. Ushbu ishlanma Talaba tomonidan fandan bajariladigan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida ishning amaliy ahamiyatiga, olingan natijalarning mohiyatini yoritib berishga, o’rganilgan bilimlarni tizimlashtirish (ularning o’zaro bog’liqligini va farqlarini aniq-ravshan bayon eta bilish)ga alohida ahamiyat berilishi kerak. Talabalarning mustaqil ishi o’quv rejasida muayyan fanni o’zlashtirish va kengaytirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatdan ta’minlanadi hamda bajarilishi kredit-modul tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.



Yüklə 215,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin