Iy gidroyuritmalar



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/3
tarix25.10.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#66233
  1   2   3
Gidroyuritmalarning tuzilishi va ishlash prinsipi bo‘yicha referat yozish



I. bo'lim. GIDROUZATMALAR VA HAJMIY GIDROYURITMALAR

XIX bob. UMUMIY TUSHUNCHALAR

3.1 §. Gidrodinamik uzatmalarning vazifasi va ishlatilish sohalari



Suyuqliklar ishtirokida bir mexanizmning ikkinchi mexanizmni harakatga kel-
tirishiga asoslangan mexanizmlar gidravlik uzatmalar deyiladi, bunda suyuqlik uzatma mexanizmidagi kuch zanjirining bir halqasi hisoblanadi. Gidravlik uzatma bnr agregatda ikki xil parrakli mashinadan, ya’ni markazdan qoshma nasos va gidravlik turbinadan birgalikda foydalanuvchi qurilmadan iborat. Unda energiya elektr dvigatelidan gidrodvigatelga suyuqlik oqimi yordamida beriladi. Gidravlik uzatmalar katta energiya sig‘imiga ega boMib, kinetik imkoniyatlari deyarlik cheklanmaganligi tufayli mashinasozlik texnikasining turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Transport mashinalarida gidravlik uzatmalardan foydalanish yetaklovchi g‘ildi-
raklaming tezligini juda kamaytirish imkonini beradi, bu esa mashinalaming yo‘ldagi to‘siqlardan o‘ta olishini va dvigatellaming barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Gidravlik uzatmasi bo‘lmagan avtomobil dvigatellari, ko‘pincha, turgan joyidan
qo‘zg‘alishda, tepaliklarga ko‘tarilishlarda, burilishlarda va boshqa hollarda o‘chib qoladi. Gidravlik uzatmali dvigatel bu kamshiliklardan holidir. Maxovik bilan dvigatel va kush zanjirining qolgan halqalari orasida bikr bogManish yo‘qligi sababli, ular, shuningdek, dvigatelning o‘zi ham zarbaga uchramaydi. Gidravlik uzatmalar turgan joyidan siljishda va tezlikni o‘zgartirishda hosil boMadigan keskin silkinishlami kamaytiradi, bu esa mashinadan foydalanish davrini uzaytiradi. Gidravlik uzatmali avtomobil tepalikka ko‘tarilishda, pastlikka tushishda va burilishlarda kam tajribali haydovchining boshqarishiga ham imkon beradi.
Korpusda ish g‘ildiraklarining mumkin qadar yaqinlashtirilishi sababli qurilma-
larda trubalar, spiral kameralar, diffuzorlaming zaruriyati bo‘lmay qoladi, demak, bu qismlardagi gidravlik qarshiliklarga bo'ladigan sarf bartaraf qilinadi. Shuning uchun FIK faqat ish g‘ildiraklaridagi yo‘qotishlar hisobiga bo‘ladi va 0,85 0,98 qiymatlarga etadi.

Teplovozlar, avtomobillar, traktorlarda, kuchli ventilyator va nasos uzatmalarida,
kemashilikda va burg‘ulash mashinalarida, er qazish va yo‘l mashinalarida, aviasiyada gidravlik uzatmalardan foydalaniladi.
Hozir deyarlik hamma zamonaviy metall ishlash stanoklari gidrouzatmalar bilan
ta’minlangan.
Gidrouzatmalardan foydalanib bajariladigan turli-tuman harakat va operasiyalami
tushunish uchun hajmiy gidrouzatmalar haqida tushunchaga ega bo‘lish zarur, ular haqida keyinroq to‘xtalamiz.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin