Iy gidroyuritmalar



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/3
tarix25.10.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#66233
1   2   3
Gidroyuritmalarning tuzilishi va ishlash prinsipi bo‘yicha referat yozish

3.1. - rasm. Hajmiy gidrouzatmaning holatini o‘zgartirish yo‘li bilai operator suyuqlikni
ishlash prinsipi turbinalarning kuraklariga yuqoridan yoki pastdan
yo‘naltirib mashinaning harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Hajmiy gidravlik uzatma nasosining seksiyalari soni bittadan to‘rtgacha bo‘lishi
mumkin. Taqsimlash klapani yordamida gidravlik uzatmaning seksiyalami ishga tushirish yoki to‘xtatish yo‘li bilan zarur bo‘lgan uzatish nisbatiga erishamiz. Ya’ni tezlik nasosdan gidrodvigatelga kirayotgan suyuqlik miqdorini o‘zgartirish hisobiga boshqariladi. Sistemada nasosda dvigatelgasha boMgan yoMda (suyuqlikning bir qismini) boshqa yo‘nalishga burib yuboruvchi qurilmalar orqali ham gidrodvigatel
tezligini o‘zgartirish mumkin. Hozirgi
ko‘pgina zamonaviy gidrouzatmalardagi ish
qismlarida suyuqlik sarfi va harakat tezligi
avtomatik ravishda boshqariladi.
Gidrodinamik uzatmaning ishlash
prinsipini 3.2-rasmdagi sxema bo‘yicha
tushuntiramiz. Bu rasmda 1-nasosning
3.2 - rasm. Gidrodinamik uzatmaning
yetaklovchi vali, 2-markazdan qochirma na-
ishlash prinsipi.
sos, 3-boshqariluvchi turbina vali, 4-turbina,
5,6, 7-trubalar. Nasos gMldiraklarini aylantirish bilan suyuqlik oqimiga energiya
beriladi. Qo‘shimcha energiya olgan suyuqlik turbina gMldiragiga o‘tadi va olgan
energiyasini turbinaga berib, ish suyuqligi nasosga qaytadi. Suyuqlikning bunday berk
harakati nasos va turbina g‘ildiraklaridagi burovchi momentning uzatilishini
ta’minlaydi.
Gidromashinalarning vazifasiga qarab ish suyuqligi suv, neft moyi, sintetik
suyuqliklar, spirt va gliserin aralashmasi va hokazo bo‘lishi mumkin. Suyuqlikni bosim yordamida uzatishga moMjallangan nasoslar haydalayotgan suyuqlikning xususiyatlarini hisobga olib loyihalanadi. Tomshilanuvchi suyuqliklar bosimning turli qiymatlarida ham energiyani uzatish qobiliyatiga ega boMgani sababli hajmiy gidrouzatmaning gidromashinalari har qanday tomshilanuvchi suyuqliklar bilan ham ishlashi mumkin. Lekin har qanday suyuqlik mavjud sharoitga muvofiq boMavermaydi.
Gidrouzatmada ish suyuqligi oraliq muhit sifatida o‘zining asosiy vazifasini
bajaradi va shu bilan birga moylovchi modda hamdir. Shu sababli unga turli qo'shimcha talablar qo‘yiladi. Suyuqlik oqayotganda uning tigMzlagichlardan oqib ketishini kamaytirish uchun mustahkam moy qatlamini hosil qiluvchi suyuqliklar tanlab olingani ma’qul. Suyuqlikning ishqalanish qarshiligini kamaytirish ega qovushoqligi kam suyuqliklar tanlashni taqozo qiladi. Masalan, toza suvning qovushoqligi kam ximiyaviy barqaror, serob boMgani bilan moylash va korroziyani kamaytirish xususiyatlariga ega emas. Hajmiy gidrouzatmalarda foydalanish talablarga toMaroq javob bera oladigan suyuqliklar qovushoqligi kam boMgan va yaxshi tozalangan neft moylaridir. Lekin ular ham talabga toMiq javob bera olmaydi. Shuning uchun sintetik suyuqliklar va neft moylari ushun ulaming xossalarini yaxshilovshi qo‘shilmalaming yangi turlari yaratilgan va yaratilmoqda. Shuningdek, ish suyuqliklarining xususiyatlari uzatmaning yaxshi va uzoq ishlashiga ta’sir qiladi, shuning uchun suyuqligini tanlashda uzatmaning xususiyatlaridan tashqari, suyuqlikning sifatini ham nazarda tutish kerak. Shunday qilib, ish suyuqliklariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Ish suyuqliklari tigMzlagichlarda shunday mustahkam moy qatlami hosil qilishi
kerakki, gidrouzatma yaxshi ishlasin. Aytib o‘tish kerakki, agar moy qatlamining mustahkamligi keragidan ortib ketsa, gidroapparaturalaming ishlashi yomonlashadi.
2. Mexanizmlardan uzoq foydalanish, ulaming beto‘xtov va yuqori darajada
aniqlik bilan ishlashini ta’minlash uchun ish suyuqligi korroziyani kamaytirish va ximiyaviy barqarorlik xususiyatlariga ega boMishi zarur.
Mexanizmlar uzoq vaqt ishlatilganda ikkinchi talab alohida ahamiyatga ega bo‘-
ladi. Neft moylariga ba’zi moy yoki efirlar 0,5 - 1,0% qo‘shilsa, korroziyaning ag-

ressivligini kamaytirish mumkin. Bu qo‘shilmalar metall sirtida uning sirtini va moyni oksidlanishdan saqlaydigan himoya yupqa qatlami hosil qiladi.
3. Hajmiy uzatmadagi ish suyuqligining qovushoqligi nisbatan kam va tempe-
ratura ta’sirida oz o‘zgaradigan boMishi kerak. Qovushoqlikka kam boigan neft moy- laridan foydalanish ishqalanish qarshiligini kamaytiradi, apparaturaning aniqligini va sezgirligini oshiradi.
4. Mexanizmning berilgan ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun suyuqlik bir
jinsli va yaxshi yuzalangan bo‘lishi kerak.
5. Ish suyuqliklari tig‘izlash qistirmasining bo'kishiga va erishiga sabab boM-
masligi kerak.
6. Hajmiy gidravlik mexanizmlardagi ish suyuqligi barqaror elastiklik moduliga
va hajmiy og‘irlikka ega boMishi kerak. Shuning uchun moying ish vaqtidagi temperaturaning o‘zgarish chegarasida gazlami sing‘dirishi va ajratishi mumkin qadar kam boMishi kerak. Katta bosimlarda elastiklik modulining barqaror boMishi alohida ahamiyatga ega.
7. Gidravlik mexanizmlarda paydo bo‘ladigan bir qancha hodisalar havoning ish
suyuqligida eruvchanligi bilan bogMiq. Ish suyuqligida havoning eruvchanligi: na­ soslaming unumdorligining kamayishiga, gidrodvigatelning notekis ishlashiga va boshqalarga olib keladi. Gidrouzatmalaming barqaror ishlashini ta’minlash uchun ish suyuqligida erigan havo iloji borisha каш boMishi kerak. Ish suyuqliklarining obliterasiyaga (bo‘shliqlami bekitib qo‘yishga) layoqati boshqaruvchi qurilmalar (zolotniklar, drossellar va boshqalar)ning ishlashiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob bera oladigan neft moylarining xususiyatlari 9 va 10-jadvallarda berilgan. Gidrodinamik uzatmalarda suyuqlik sifatida: industrial 12, industrial 20, industrial 20 V, turbina moyi L va transformator moyi eng ko‘p ishlatiladi. Odatda, suyuqlik gidrouzatmalarda aylanganda uning temperaturasi turli mashinalarda 60-135 S orasida boMadi.

XX bob.Gidrodinamikmuftalar


Gidromuftada yetaklovchi valdagi momentning miqdori har qanday
o‘zgartirilganda ham ikkala (yetaklovchi va yetaklanuvchi) valda momentlaming tengligi ta’minlanadi. Yo'naltiruvchi apparat yo‘qligi gidromuftalar burovchi

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin