Jarayon xavfsizligi axborot-hisobotini ishlab chiqish. Reja:
Jarayondagi boshqaruv buyruqlari.
O'lchov qurilmalar tarkibi.
Jarayondagi boshqaruv buyruqlari. Bu bosqichda boshqaruv buyruqlari amalga oshiriladi ( buyruqlar texnalogik jarayonga o‘lchov asboblari tomonidan yuboriladi ).
5.2 va 5.3-rasmlarda Tizim osti boshqaruvi bilan instrumental quyi tizimlari orasidagi , kirish/chiqish munosabatlari ifodalangan. Shuningdek suvni isitish jarayonidagi inson – mashina interfeyslarini suv haroratini va satxini boshqarish jarayonlari ko‘rsatilgan.
5.2.- Rasm. Satxni nazorat qilishdagi kirish va chiqish o`zaro bog`liqligi.
5.3.- Rasm Haroratni nazorat qilishdagi kirish va chiqish o`zaro bog`liqligi.
Harorat hamda satx rostlagichlari avtomatlashtirish tizimida juda mohirona joylashtirilgan texnalogik jarayonga kirish qismida inson boshqaruv interfeysida, buyruqlarni beradi va texnalogik jarayandan chiqishda inson boshqaruvi interfeysiga texnalogik jarayon to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni beradi.
Avvalgi mavzularimizda biz avtomatlashtirish tizimidagi asosiy quyi tizimlarni ko‘rib chiqdik. Bu quyi tizimlar ichida esa instrumental quyi tizim eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Instrumental quyi tizimsiz avtomatlashtirish tizimi ishlamaydi. Bunda biz bu quyi tizim tarkibiga kiruvchi qurilmalarni yana ham ko‘proq (aniqroq) ko‘rib chiqamiz. Instrumental qurilmar asosan texnika sohasi bilan bog‘liq bo‘lib, fizik hodisalari ko‘rsatkichlarini o‘lcha va boshqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi bobda aytib o‘tganizdek o‘lchov qurilmalari texnalogik jarayon va tizim osti boshqaruvi o‘rtasidagi interfeysni ta‘minlab beradi, ularni quyidagicha tushuntirish ham mumkin:
-Malumotlarni yeg‘ish: quyi tizim boshqaruvi uchun texnalogik jarayonda hosil bo‘ladigan fizik signallarni o‘ziga teng bo‘lgan ekvivalent va mos keluvchi elektron signallar ( xech qanday axborot yo‘qotishlarsiz ) bilan almashtirish.
-Boshqaruvni amalga oshirish: Texnologik jarayon boshqaruvi uchun quyi tizim boshqaruvida hosil bo‘ladigan elektron signallarni o‘ziga teng bo‘lgan ekvivalent va mos keluvchi fizik signallarga (xech qanday axborot yo‘qotishlarsiz ) bilan almashtirish.
O’lchov qurilmalar tarkibi
O‘lchov – boshqaruv qurilmalari turli hil kiritish va chiqarish signallari uchun turli hil tarkibga ega bo‘ladi. Ular Uzluksiz /analog, diskret/ Raqamli va tebranuvchi / impulsli signallar ko'rinishida bo'lishi mumkin. 5.4-Rasmda uzluksiz/ analog o‘lchov asboblarining kirish va chiqishdagi funksional va umumiy ko‘rinishlari tasvirlangan.
5.4-rasm Analog kiritish chiqarish qurilmasi
Ma‘lumotlarni yeg‘ish. 5.5- rasmda analog o‘lchov qurilmalarning kiritish va chiqarish munosabatlari ko‘rsatilgan.
5.5.-Rasm. Analog kiritish qurilmasining, kiritish / chiqarish munosabatlari.
Analog o‘lchov qurilmalarikirishdagitexnalogik jarayondan hosil bo‘lgan fizik signallarni quyidagi funksional qo‘shimchalar bilan qayta ishlaydi: -Datchik: fizik holatdagi analog yoki uzluksiz signalni o‘ziga teng qiymatdagi elektron signalga o‘zgartirish tizimi yordamida o‘zgartirib beradi.
-Signal hosil qilish: signal hosil qilishidan oraliq jarayonlarda ishlatilinadi, signal hosil qiligich datchiklarini chiqish signallarini ( kompensatsiyalash, chiziqlantirish o‘chirish, kuchaytirish, filtrlash, korreksiyalash, qo‘shish va hokazolar ) keying bosqich talablariga javob berish uchun chiqarilishini tayyorlaydi va boshqaradi.
-Drayverlar: signal hosil qilgichdan qabul qilib olgan signallarni kuchaytiradi va uni qayta ishlanishi uchun tizim osti boshqaruviga jo‘natadi.
O‘lchov qurilmalarini boshqacha qilib signal o‘zgartirgichlar deb ham atash mumkin, agar u nisbatan qisqa masofalarga ( kuchlanish yoki tokni ) jo‘natishga mo‘ljallangan bo‘lsa.Agar nisbatan uzoqroq masofalarga (tokni) jo‘natishga mo‘ljallangan bo‘lsa u holda jo‘natuvchi deb ham nomlanadi. 3.3 rasmda analog kiritish qurilmasining funksional tuzulishlari ko‘rsatilgan. 3.4 rasmda ishlab chiqarishda, amaliyotda, hamda texnalogik jarayonlarda eng ko‘p ishlatilinadigan 4 ta analog kiritish o‘lchov asboblaritasvirlangan. (harorat datchigi, sarf datchigi, satx datchigi va bosim datchigi). Bu qurilmalar fizik signal olib ( harorat, sarf, satx, bosim o‘zgarishi ) boshqaruv tizimiga tushunarli bo‘lgan, o‘z qiymatiga teng bo‘lgan elektron signallargan aylantiradi.
5.6.-Rasm Analog o‘lchov kiritish qurilmalarining tarkibi.
5.7.- Rasm Analog kirishli o‘lchagichlarga misollar.
5.8.-Rasm Analog o‘lchov vositalarining kirish/chiqishdagi bog‘liqlik.
Rasmda ko‘rsatilganidek qurilmalar shuningdek texnalogik jarayon to‘g‘risidagi mahalliy ko‘rsatkichlarga ham ega, bu qulaylik qurilmlaralda foydalanishda ancha qo‘l keladi1.