1.1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida tugʻilgan. Uning bolaligi Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Pensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda „Mushtum“ jurnalida ishladi. 1942–1943-yillarda respublika radiosida, 1943–1947-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida, 1948–1950-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan
2.Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda kеng qo`llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog`liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" dеb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, "uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" dеgan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zеro, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o`qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o`qish tushuniladi.
. Kеng ma'noda "talqin" so`zi o`zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma'lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o`zigina emas, tushuntirish hamdir) ma'nolarini anglatadi. Shu ma'noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o`tmish ilmida "talqin" so`zining ma'nosi qisman "sharh", "tafsir" atamalari bilan ham bеrilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi "obrazlar tili"ni "mantiq tili"ga o`girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir.
Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, "o`quvchi badiiy asarni tushundi" dеgani, mohiyatan, "o`quvchi asarni o`zicha talqin qildi" dеganidir.
3."Jimjitlik" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad ijodiga mansub boʻlgan roman. Roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bagʻishlangan. Ilk bora 1986-1987-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida davomli eʼlon qilingan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti asarni1989-yillarda 150 000 nusxada bosib chiqardi.[1]
Ammo, oʻsha davrdagi yakkahokimlik mafkurasiga xizmat qiluvchi senzura muallifni ogohlantirmasdan asarning uchdan bir qismini olib tashladi. Oqibatda, „mayib“ asar oʻquvchilar qoʻliga tegdi.
Muallif oʻn toʻrt yil davomida romanni qayta tiklash, yoʻqotilgan joylarini toʻldirish uchun koʻp marotaba urindi. U romanni bugungi kun talablariga mos tarzda qayta ishladi va oʻquvchilar eʼtiboriga havola etdi.
Romanning yangilangan versiyasi 2008-yilda Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 280 betli 5000 nusxada va 2016-yilda Sano-standart nashriyoti tomonidan 336 betli yumshoq muqovada qayta nashr etildi.
Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jimjitlik romanida sovet davridagi rahbarlarning chirkin hayoti, ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi, uzoq yillar rahbarlar taziyqi ostida Afrikada yashagan, ayoli va farzandidan ayrilib uyiga qaytgan Tolibjon, boylik va mansab uchun har qanday jirkanchlikka tayyor xotinboz rais Mirvali, otasi oʻldirilib, onasi Mirlvali tomonidan tortib olingan Azizbek kabi insonlar taqdiri hikoya qilinadi. Asarda turgʻunlik davri illatlari mukammal tarzda ochib berilgan.
Romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojiyaviy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, „bebosh“ ifoda tarzi bilan jozibalidir.
5.Asar qahramonlari;
Tolibjon- bosh qahramon. Olim. Amaldorlar taziyqi bilan uzoq yillar davomida vatanidan olisda yashagan, ayoli va farzandi vafotidan keyin tugʻilib oʻsgan uyiga qaytgan, onasining taʼbiri bilan aytganda „baxtini tuproqqa koʻmib kelgan“ inson.
Mirvali- Tolibjonning doʻsti. Kolxoz rayisi.
Zaynab- Tolibjonning singlisi.
Kampir-90 yoshdan oshgan koʻzi koʻr boʻlib qolgan ayol, Tolibjonning oʻgay onasi.
Azizbek- otasi Mirvali tomonidan oʻldirtirilgan, onasini Mirvali mashuqa qilib olgan yigit.