Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 20,24 Kb.
səhifə1/3
tarix29.01.2023
ölçüsü20,24 Kb.
#81513
  1   2   3
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining
maqsadi va vazifalari
Reja:

1.Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshka fanlar bilan bog‘liqligi.


2. Jismoniy tarbiya nazariyasining etakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bir necha fanlar ko‘shilishi orkali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlariiing fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasiniig ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniksa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog‘langan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasidan alohida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari xam, lekin ularning
so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liklik namoyon bo‘ldi, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘g‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun anik material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muhitini o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari ajralib chika boshlaganligidir: gimnastika, engil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta’sir ko‘rsata oladiganlarigina alohida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chikishi xam mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chikish hozirgi zamon Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Biologiya fani bilan bog‘liqligi — jismoniy tarbiya vositalarini shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri reaksiyasini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshkarishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini hisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Shuni esda saklash lozimki, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanini boshqa fanlar bilan bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya haqidagi fanning rivojlanishi aratsh fanlarga ta’sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.



Yüklə 20,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin