Jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari



Yüklə 135 Kb.
səhifə1/6
tarix07.02.2023
ölçüsü135 Kb.
#83261
  1   2   3   4   5   6
JISMONIY MADANIYATNING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O`RNI. ORGINAL KURS ISHI




MAVZU: JISMONIY MADANIYATNING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O`RNI
REJA:
I. Kirish
II. Asosiy qism

    1. Jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi prinsipi.

    2. Jismoniy madaniyat va sportning jamiyat hayotida tutgan o`rni.

1.3. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi.
1.4. Jismoniy madaniyatning sog’omlashtirishga yo’naltirish prinsipi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5924-sonli Farmoniga muvofiq, XX asrning tеxnika taraqqiyot davrida jismoniy tarbiya va sportga katta o’rin ajratilmoqda. Ayniqsa, oxirgi yillarda «Futbol» turini rivojlantirishga qaratilgan O’zbеkiston Prеzеdеntining farmoni hammani quvontiradi. Inson salomatligi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishidan ajralmagan hol bo’lib qoldi. Chunki, tеxnik taraqqiyotdavrida insoniyat jismoniy mehnatdan ozod bo’lib, eng xavfli kasallikka «Gipodinamiya»ga uchramoqda, ya'ni harakatsizlik. Bu esa XX asrning juda xavfli qon-tomir tizimining kasalligiga olib kеladi. Shunday bo’lar ekan, aholining, ayniqsa bolalarni jismoniy, har tomonlama garmonik rivojlanishi uchun qanday jismoniy tarbiya vositalardan foydalanishimiz mumkin.
Bugungi kunda jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni bo`sh vaqtlarini to`g`ri va samarali tashkil etishda sportning o`rni bеqiyos.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi yosh avlodni jismoniy barkamol inson qilib tarbiyalash vositasidir.
Ta'lim muassasalarida sport turlari bo`yicha to`garaklar ham faoliyat ko`rsatib, bu to`garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo`lgan talabalar jalb etiladi. Sport to`garaklari ta'lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi talabalarni jismoniy tayyorgarligi guruh mashg`ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat qilib turiladi. To`garak mashug`lotlari haftasiga 3-4 marotaba tashkil etilib, 60-90 minut davomida o`tkaziladi. Sport turi bo`yicha zaruriy jihozlar va mutaxssis tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg`ulot o`tish joylari talabga javob bеrishi ta'lim muassasalari sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini bеradi.
2021 yilning 4 fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorni imzoladi. 
Yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, ularning qishki sport turlari bilan shugʼullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilma yaratish, mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sportchilarni turli xildagi sport mashqlariga o’rgatish, yangi ko’nikmalar hosil qilish oson ish emas. Chunki vaqtincha aloqalarning ichki mexanizmiga asoslangan fizik-kimyoviy tamoyillar borasida fanda aniq ma’lumotlar mavjud emas, lekin bu organizmda tajribaviy ta’sir va uning javoban faoliyati natijalarini taqqoslash yo’li bilan ushbu mexanizmlar borasida ma’lum fikrga kelishimiz mumkin emas degani emas. Aniq dalillarga asosan, bosh miya tashqi ta’sirni uning turli parametrlari, shu jumladan, kuch, davomiylik, tezlik va boshqalar bilan shakllantiradi deb aytish mumkin.
Kurs ishi maqsadi: Jismoniy madaniyatning maqsadi va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilish hamda jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o'tkazish usullarini jismoniy tarbiyalash vositasi sifatida o‘rganish.
Kurs ishi vazifalari: Jismoniy madaniyatning maqsadi va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan ishlash bolalarni sog’lom tarbiyalash vositasi sifatida nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish;
Kurs ishi predmeti: Jismoniy madaniyatning maqsadi va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilish va o'tkazish usullarni tashkil etish.
Kurs ishi metodi: kuzatish, suhbat, pedagogik tajriba, o’yin.
Kurs ishi tuzilishi: Kirish, asosiy qism 4 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


    1. Yüklə 135 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin