Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq



Yüklə 2,83 Mb.
tarix13.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#176350
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.

  • Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.
  • O‘zbekiston hududida joylashgan uy-joylar, xonadonlar, dalahovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlardan mol-mulk solig‘i to‘lanadi.
  • Mol-mulkning soliqqa tortiladigan qiymati sifatida 2017- yilgacha inventarizatsiya (hisobga olish) qiymati olinar edi va bu qiymatda bozor narxlarining o‘zgarishi aks etmas edi.
  • 2021- yili mamlakatimizda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i stavkasi (agar mol-mulkning umumiy maydoni 200 m2 dan oshmasa) mol-mulkning hisoblangan kadastr qiymatiga nisbatan 0,2 % miqdorida belgilangan.
  • Umumiy maydoni 200 m2 dan 500 m2 gacha bo‘lgan va shaharlarda joylashgan uy-joylar, xonadonlar - 0,25%, umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan va shaharlarda joylashgan uy-joylar, xonadonlar - 0,35%, umumiy maydoni 200 m2 dan ortiq bo‘lgan va shahardan boshqa aholi punktlarida joylashgan mol-mulklar 0,25% stavkada soliqqa tortiladi.
  • Mol-mulk solig‘ini hisoblash uchun kadastr qiymatining eng kichik summasi 42 mln so‘m dеb bеlgilangan. Ya’ni mol-mulkning kadastr qiymati 42 mln so‘mdan kam qilib ko‘rsatilishi mumkin emas.
  • Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davlat soliq idoralari tomonidan hisoblanadi. Imorat, bino va inshootlardan to‘lanadigan soliqlarning miqdori ularning har yil 1-yanvardagi qiymatiga asosan belgilanadi.
  • Imorat, binolar va inshootlarning egasi bir nechta bo‘lsa, ulardan undiriladigan soliq miqdori har bir odamning ulushiga qarab belgilanadi.
  • Yangi qurilgan yoki sotib olingan binolarga soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi.
  • Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘ini to‘lash ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan boshlab to‘xtatiladi Meros bo‘lib qolgan mulkdan mol-mulk solig‘i meros olingan paytdan boshlab to‘lanadi.
  • Agar mulkning egasi almashsa, uning oldingi egasi joriy yilning 1- yanvaridan boshlab egalik huquqi yo‘qolgan paytgacha (oygacha) soliqni to‘laydi.
  • Mulkning yangi egasi esa egalik huquqini olgan oydan boshlab to‘laydi.
  • Agar mulk egasi soliq to‘lashda ayrim imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritsa, mol-mulk solig‘i o‘sha huquq vujudga kelgan oydan boshlab qayta hisoblanadi.
  • Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqida to‘lov xabarnomalari davlat soliq idoralari tomonidan to‘lovchilarga har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.
  • Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan quyidagi mol-mulklar molmulk solig‘iga tortiladi:
  • asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar (masalan, intellektual mulk);
  • nomoddiy aktivlar;
  • • tugallanmagan qurilish obyektlari;
  • • belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar.
  • Mol-mulk solig‘i korxona mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan olinadi.
  • O‘rtacha yillik qoldiq qiymat har oyning oxirgi sanasiga soliq solinadigan obyektlarning qoldiq qiymatlarining yig‘indisini 12 ga (12 oyga) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
  • 2019- yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ining stavkasi soliq solish bazasiga nisbatan 2% miqdorida belgilangan. Ushbu soliq stavkasi korxona mulkining qayta baholangan qoldiq qiymatidan undiriladi.
  • Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar (urush nogironlari, qatnashchilari, ko‘p bolali ayollar, pensionerlar va boshqalar) uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon miqyosi 2019- yilgacha 60 kvadrat metrni tashkil qilar edi.
  • Yangi soliq qonunchiligiga binoan bu o‘lcham o‘zgarmay qoldi. Agarda jismoniy shaxs tomonidan o‘ziga tegishli mol-mulk tadbirkorlarga ijaraga berilsa, yoki undan mulkdorning o‘zi tadbirkorlik maqsadlarida foydalansa, oldingi yillarda bu mol-mulkka nisbatan imtiyozlar qo‘llanilmas edi.
  • 2019- yildan boshlab bu qoida bekor qilindi. Ya’ni, bunday mol-mulkka nisbatan ham imtiyozlar saqlab qolinadigan bo‘ldi.
  • Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar Soliq kodeksining 275- moddasida batafsil keltirilgan. Mol-mulk solig‘iga tortilishi zarur bo‘lgan mol-mulk egasi bo‘lgan yuridik shaxs mol-mulk solig‘i subyekti hisoblanadi.
  • Yuridik shaxslarning mol-mulki solig‘iga tortiladigan mol-mulklari esa mol-mulk solig‘i obyekti bo‘ladi. Har qanday jismoniy shaxsning ma’lum miqdorda mol-mulki bo‘ladi.
  • Qonunga ko‘ra, mol-mulkidan soliq to‘lovchi shaxs mol-mulk solig‘i to‘lovchisi (subyekti) hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq to‘lovchilari quyidagi shaxslardir:
  • mulkida soliqqa tortilishi joiz bo‘lgan mol-mulk egalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • O‘zbekiston hududida soliqqa tortilishi joiz bo‘lgan mol-mulk egalari bo‘lgan chet el fuqarolari. Bunda ayrim hollarda xalqaro shartnomalarga binoan boshqacha tartib amal qilish mumkin;
  • yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari. Jismoniy shaxsning mol-mulki esa soliq solish obyekti bo‘ladi.

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin