O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Oldingi
tahrirga qarang.
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI
LEGALLASHTIRISHGA, TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA VA
OMMAVIY QIRG‘IN QUROLINI TARQATISHNI
MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA
(qonun nomi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-
son)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in
qurolini
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
(1-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y.,
03/19/516/2484-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
1
1
-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan
tashqarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq pul
mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi
O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarga, yuridik shaxslarga, ularning filiallari
hamda vakolatxonalariga,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-
mulk bilan bog‘liq operatsiyalar o‘tkazilishi ustidan
nazoratni amalga oshiruvchi
davlat organlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(1
1
-modda O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y.,
03/19/516/2484-son)
Oldingi
tahrirga qarang.