Mavzu:O‘quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari.
TOPSHIRDI:______________________________________________ QABUL QILDI:____________________________________________
JIZZAX-2022
Mavzu: O‘quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari.
Reja:
I.Kirish. II.Asosiy qisim. 1.O‘quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari.
2.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.
3.Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati
III.Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy - ilmiy jihatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi.
O‘quvchining instrukstiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi.
O‘quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi.
O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi.
O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi.