Umumiy ma’lumotlar. Talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi asosiy omillardan biri bu yyechimini muammoli xolatdan topishi talab etiladigan texnik masalalarni xal etishdan iborat. Texnik masala yyechimini topishdagi muammoli xolat deganda yyechimi izlanayotgan masalada bir nechta bir-birini inkor qiladigan yyechimlar mavjud ekanligi tushiniladi. YA’ni bunda yyechimni tanlashda fikrlar qarama-qarshiligi namoyon bo‘ladi.
Texnik masalalarni (ijodiy masalalarni) yyechishda yuzaga keladigan teskariliklarga axborot-anglashdagi, o‘rganish jarayonidagi va mantiqiy fikrlar qarama-qarshiligi kiradi.
Axborot-anglashdagi fikrlar qarama-qarshiligi o‘rganilayotgan xodisa, jarayon yoki predmet mazmunidan kelib chikadi. Misol uchun, tabiatda ishqalanish kuchining doimiy mavjud bo‘lishidir, ya’ni uni to‘la yo‘kotib yuborish mumkin emasligi bilan yuzaga keladigan fikrlar qarama-qarshiligini olaylik. Bir qarashda ishqalanish kuchini biror bir vosita orqali kamaytirish yoki yo‘qotish mumkin. Ammo ikkinchi tomondan biz foydalangan vositada ham ishqalanish kuchi yuzaga kelishi mumkin. Ana shunda fikrlar qarama-qarshiligi yuzaga keladi. YA’ni nima uchun ishqalanish kuchini to‘la yo‘qotib yuborish mumkin emas. Ana shunda insonda yuzaga kelgan teskarilikni anglash extiyoji tug‘iladi, ya’ni insonda muammoli vaziyatga tushib qolish deb ataladigan psixologik holat sodir bo‘ladi.
O‘rganishdagi (o‘qishdagi) fikrlar teskariligi inson o‘zi bilgan bilim ko‘nikmalari orqali yangi o‘rganilayotgan obyektni bilishga intilishida yuzaga keladi. Mantiqiy fikrlar qarama-qarshiligiga esa insonni muloxaza-mushoxada yuritishi natijasida yuzaga keladigan teskarilik misol bo‘ladi.
Texnik masalalarni yyechishda yuzaga keladigan teskarilik ijodiy fikrlar qarama-qarshiligi xisoblanadi, ya’ni masala yyechimini qidirishda inson ijodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Inson ijodiy faoliyatni amalga oshirishni uchun, ya’ni biror-bir texnik masalaning yyechimini topishi uchun unda texnik fikrlash ma’lum darajada shakllangan bo‘lishi kerak. Texnik fikrlashni shakllanishi va rivojlanishi uchun yyechiladigan texnik masalalar real texnik qurilma, jarayon yoki xarakat bilan bog‘lik bo‘lishi lozim. Bunday masalalarga texnik obyektlarni loyixalash (konstruktorlik) masalalari, texnologik xarakterdagi va texnik qurilmalar modellarini bajarish jarayoni bilan bog‘lik bo‘lgan masalalar misol bo‘la oladi.
Konstruktorlik (loyixalash) masalalari texnik qurilmani, model yoki real qo‘llaniladigan predmetlarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Konstruktorlik masalariga tayyor konstruksiyalar tug‘risida muloxaza yuritish, tayyor detallar, uzel va shu kabilardan foydalanib konstruksiyalar yaratish, mavjud konstruksiyaning biror-bir kamchiligini bartaraf etish uchun konstruksiyalash masalari misol bo‘la oladi. Bunday xarakterdagi masalalarni yechish badiiy loyixalash ko‘nikmalarini rivojlantirish, solishtirish va qarama-qarshi qo‘yib ko‘rish singari fikrlash jarayonlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ijodiy konstruktorlik faoliyatini tayyorlash uchun «muammolar qutisi» turidagi masalalarni yyechish muhim ahamiyatga ega. Bunday turdagi masalalarni yyechishda insonni biror-bir konkret masalani yyechishda mavjud bo‘lgan texnik qurilmalar arsenalidan foydalana olishga o‘rgatiladi. Bunday masalalarni quyidagicha izoxlanadi. Yechilishi talab etiladigan masala chizmali tasvir shaklida beriladi. Berilgan texnik qurilmada ayrim detall yoki uzel tushirib qoldirilgan bo‘ladi. Tushirib qoldirilgan qismni bajaradigan funksiyasiga ko‘ra qayta tiklash talab etiladi yoki talabalar o‘zlariga ma’lum mashina-mexanizmlardan birini texnik qurilmaning yyetishmayotgan qismini to‘ldirishlari talab etiladi.
Bunday masalalar turli murakkablikda bo‘lishi mumkin. Lekin ularning barchasi kombinatsiyalar yaratish bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Konstruktorlik masalalarining ichida yangidan va qayta loyixalash masalalari muhim ahamiyatga ega. Yangidan loyixalash masalalarining to‘g‘ri tanlangan tizimi insonda turli murakkablikdagi konstruktorlik masalalarini ham yyecha olish bilimini rivojlantiradi. Ma’lumki yangi real texnik yaratish uchun o‘zaro murakkab aloqada bo‘lgan texnik yyechimlarni qabul kilishga to‘gri keladi. 1-rasmda yangidan loyixalashga misol keltirilgan. Unga ko‘ra talab etilayotgan xarakatni olish mumkin bo‘lgan texnik qurilmaning sxematik tasvirini ishlab chiqish talab etiladi.