Kalit so’zlar: Tasviriy faoliyat, ilm, davlat, talab, maktabgacha ta’lim muassasalari, dasturlar, faoliyat turlari



Yüklə 31,17 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü31,17 Kb.
#175123

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlarini olib borish, ular to’g’risida ilm berish, davlat talablari asosida metodlarni qo’llash va shungga o’xshash fikr va mulohazalar haqida so’z yurutilgan.
Kalit so’zlar: Tasviriy faoliyat, ilm, davlat, talab, maktabgacha ta’lim muassasalari, dasturlar, faoliyat turlari.
ANNOTATION: In this article, it is discussed about conducting visual activities in preschool educational organizations, providing knowledge about them, applying methods based on state requirements, and similar opinions and considerations.
Keywords: visual activity, science, state, demand, preschool educational institutions, programs, types of activities.
АННОТАЦИЯ: В данной статье речь идет о проведении изобразительной деятельности в дошкольных образовательных организациях, предоставлении знаний о ней, применении методики, основанной на государственных требованиях, и подобных мнениях и соображениях.
Ключевые слова: изобразительная деятельность, наука, состояние, востребованность, дошкольные образовательные учреждения, программы, виды деятельности.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tarbiyasida tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at ham shu yo’nalishga kirganligiuchun, bolalar dasur’atchizish mashqlari amalga oshiriladi. Metodlarda esa bular ketma ket va tushunarli tarzda berib o’tilgan. Albatta bu metodlar davlat tomonidan belgilangan talablar asosida tuziladi. Tasviriy faoliyat bolalarda fikrlash qobilyatini va g’oyaviy dunyosini kengaytiradi. Muassasalarda tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va uni yuqori darajadagi metodlarini hisobga olish ishlari hozir ham amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy printsip, bu tasviriy faoliyatni ta'lim-tarbiyaviy ishning eng muhim bo'limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni ma'lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo'yicha amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o'ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo'lsa-da, ularni bir yo'nalish, maqsad bo'yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o'ziga xos ko'rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat turlari -rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya o'ziga xos tasviriy texnikaga egadir. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg'ulotlar soniga qat'iy rioya qilishi lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg'ulot qanday materiallar bilan o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog'i lozim. Masalan, loy bilan ishlashda
-loy yoki plastilin, rasm chizishda
-guash, rangli qalam, ko'mir tayoqchasi va hokazo.
Shuningdek, tarbiyachi mashg’ulotning dastur mazmunini tanlashda, bolalarga qanday predmetlarnichizdirish haqida emas, balki shu predmetni chizdirish yoki loydan yasattirish orqali qanday bilim va ko'nikma berish yoki o'rgatish haqida ko'proq o'ylashi lozim. Ixtiyoriy mashg'ulotlarni rejalashtirishda esa tarbiyachi bolalarning mustaqilligini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi o'rgatish usullari to'g'risida o'ylab olishi kerakdir. Tarbiyachi ishlarni rejalashtirishda u yoki bu guruh bo'yicha dastur qo'ygan vazifalarning barchasini e'tiborda tutgan holda ish rejasini tuzadi. Shuningdek, tasviriy faoliyatlari bo'yicha bir oyga mo'ljallangan istiqlol reja tuzish ham maqsadga muvofiqdir. Bunda tarbiyachi tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni ham nazarda tutadi. Shunday qilgan taqdirdagina, bolalar ma'lum bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, tasviriy faoliyat turlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanish natijasida tevarak-atrofni badiiy jihatdan o'zlashtirishlarning yangi-yangi yo'llari vujudga keladi va bolalar tevarak-atrofni obrazli qilib tasvirlashning turli xil usullari bilan tanishadilar. Demak, tasviriy faoliyat turlari o'rtasidagi o'zaro aloqa ishlarini rejalashtirishda katta ahamiyatga ega ekan.
1. Tasviriy faoliyatga ta'lim-tarbiya ishining muhim bo'lagi, deb qarash hamda rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg'ulotlarini rejalashtirishda dasturning barcha bo'limlari o'rtasidagi o'zaro aloqa, bog'lanishni doimo diqqat-e'tiborda tutish lozim. Ya'ni tevarak-atrof bilan tanishtirish, musiqa mashg'ulotlari va hokazo. Bular tasviriy faoliyat uchun qiziqarli hodisalar va voqealarni tanlashga yordam beradi.
2. Tasviriy faoliyatning barcha turlari tevarak-atrof, hayotni obrazlarda tasvirlaydi, ammo har biri o'ziga xos xususiyatga ega ekanligini hisobga olmoq zarur. Ya'ni rasm chizish -predmet va voqealarni rangda tekis yuzada tasvirlaydi,loy hajmlarda, applikatsiya -rangda, siluet ravishda. Shuningdek, har biri o'ziga xos tasvir texnikasiga ega: rasm chizish chiziqli grafik ravishda, rangtasvir usulida, loy plastik ravishda, applikatsiya -qog'ozdan qirqish va alohida qismlardan tuzish.

3. Dasturda tasviriy faoliyat turlari oldiga qo'yilgan vazifalardan biri ularning o'zaro aloqada ekanligidir. Masalan, bolalar rang bilan rasm chizish bilan bir vaqtda, applikatsiya bilan ham tanishib boradilar.


4. Tasviriy faoliyati turlari o'rtasidagi bog'lanish tarbiyachiga rasmchizish, loy, applikatsiya bo'yicha vazifalarni aniqlashga yordam beradi. Masalan, kichik guruhga doiraviy shakllarni o'rgatishda, oldin tayyor doira shakllarini applikatsiyada bergan ma'qul, so'ng esa rasm chizish mashg'ulotlarida bergan ma'qul.
5. Tasviriy faoliyat turlari o'rtasidagi bog'lanish ma'lum bir mavzudagi mashg'ulotlar asosida ham bolishi mumkin. Masalan, rus xalq eftagi «Bo'g'irsoq»ni bolalar ham chizishi,ham applikatsiya, ham loydan yasashi mumkin. Bu turdagi takrorlanish mavzuga nisbatan qiziqishlarini pasaytirmaydi, chunki har bir faoliyat turi jarayonida bolalar ertak qahramonlarining xilma-xil tasvirining yangi usul va yo'llari bilan tanishadilar.
6. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini to'g'ri rejalashtirishda, mashg'ulotlar o'rtasida ularning dastur vazifalari, mavzular o'rtasida bog'lanish vujudga keladiki, buning natijasida yangi malaka va ko'nikmalarini va bilimlarni egallashlarida ma'lum ketma-ketlik va bog'lanish vujudga keladi. Masalan, «Qushlar» rnavzusi asosida olib borilgan mashg'ulotlar jarayonida bolalar don cho'qiyotgan qushniloydan yasashni, shoxda o'tirgan qushni rasmini chizishni, afsonaviy qushni qanday qilib qog'ozdan qirqib olishni bilib oladilar.
7. Shuningdek, tasviriy faoliyati bo'yicha ishni rejalashtirishda faqatgina ularning turlari o'rtasidagi ketma-ketlikni nazarda tutmay, balki har bir turdagi mashg'ulotlar o'rtasida ham bog'lanish o'rnatish va ularni diqqatda tutish lozim. Masalan,predmetli rasm chizish loyishlaridan keyin mazmunli ishlarni rejalashtirish lozim.
Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda foydalanadigan metod va usullariga ham ahamiyat bermog'imiz lozim. Bular ko'rsatmali va og'zaki metod hisoblanadi. Ko'rsatmali va og'zaki metod o'zaro birgalikda olib borilishi lozim. Demak, tarbiyachi tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishga juda katta ahamiyat bermog'i lozim ekan. Tarbiyachi ishni rejalashtirishga qanday ahamiyat bergan bo'lsa, ishni hisobga olishga ham shunday e'tibor bermog'i lozim bo'ladi. Chunki bu narsa -tarbiyachiga tasviriy faoliyatga o'rgatish bo'yicha dastur vazifalari talablari qanday bajarilganligini aniqlashga va mashg'ulotlarnmg sifatli chiqishi uchun qanday tayyorgarlik ishlarini ko'proq olib borish lozimligi hamda o'rgatishlarning yangi xilma-xil metod va usullari ustida ko'proq ishlash lozimligini aniqlab olishga va keyinchalik ulardan bolalar bilan ishlashda foydalanish uchun yangi-yangi imkoniyat yaratib beradi.
Tasviriy faoliyat bo'yicha bolalar ishini tahlil qilish ikki shaklda olib borilishi mumkin.Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida olalarni maktabga tayyorlashTasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san'at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o'z harakatini o'rtoqlarining harakatiga bo'ysindirishga o'rganadilar. Bolalar bog'chasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni shakllantiradi.Bunday malaka va ko'nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma'lumvaqt orasida bajarish, o'z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A.Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o'quvchilarining tasviriy faoliyatini o'rganish jarayonlari shuni ko'rsatib o'tadiki, maktabda tasviriy san'at darslarining tuzilishi, bolalar bog'chasida olgan bilim, malaka va ko'nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illustratsiyalarni ko'rib chiqish jarayonida tanishadilar. Maktabda tasviriy san'atning turlari -rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar.
Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyal mashg'ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg'ulotlari. Maktabgacha ta'lim muassasalarida barcha mashg'ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san'at darslarida rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o'tkaziladi. Bunda predmetli rasm bo'yicha naturaga qarab rasm chizish o'quv predmeti alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo'yicha amaliy ishlar maktabda qo'l mexnatiga kiritiladi. Boshlang'ich sinf tasviriy san'at dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo'yicha o'quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog'cha dasturi bo'yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to'rtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo'lgan predmetlarni aniqlashga o'rganadilar, bog'chada bolalar oldiga qo'yilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallashdir. Bunga sabab, hamma bolalar bog'chadan maktabga kelmaydilar va shu bois bolalarbilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o'tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni 3187kuzatib, ko'rib chiqadilar, so'ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. O'quvchilar ob'ektlar o'rtasidagi mazmunli bog'lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo'yiladi, ya'ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasviri bilan birgalikda, yordamchichiziqlardan foydalanish va o'z ixtiyorlari bilan xalq amaliy-dekorativ san'at elementlaridan foydalanish va san'at haqida o'tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o'rganadilar.
Bolalarni tasviriy san'atga o'rgatish metodlari bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish xususiyatlari o'rtasida ancha yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bularni o'rgatish metodikasi o'rtasida ham ko'p o'xshashlik bor. Maktabda o'qituvchining rasmini ba'zi bir elementini ko'rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko'rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko'rinishda bo'ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo'lsa, tartib tushuntirilgandan so'ng, o'chirib tashlanadi. Agar murakkab tuzilishga ega bo'lgan predmet tasvirlansa, o'qituvchining doskada ko'rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirlanadi. O'qituvchi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balandligini ham ko'rsatadi. So'ng o'quvchi predmetining xomaki rasmi bilan naturani solishtirib, uning qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko'rsatish va tahlil qilish uchun rasmlar to'plarni, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o'quv xarakteriga ega bo'lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo'yicha o'tkaziladigan har bir dars o'qituvchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o'tishda o'qituvchi bolalarning tartibli ravishda chizish qoida va yo'llarni eslatib turadi. Katta bog'cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o'quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo'yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proportsiyasi, konstniksiyasi, qismlarining bog'liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, bolalar bog'chasida olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo'yicha rasm chizishga kattae'tiborberiladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayyorlash da dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko'rish xotirasini rivojlantiradi, ba'zida predmet bolalarda natura sifatida to'g'ri tasvirga yordam beradi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlarida, qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va qo'l kuchini idora etishgao'rganadilar.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, bolalarda tasviriy faoliyat ahamiyatli mashg’ulotlarni kasb etadi. Bola psixologiyasi juda nozik bo’lganligi sabab har bir qadamda juda katta e’tibor bilan yondashish lozim. dmetTasviriy faoliyatda bolaga har qanday berilgan predmet juda ahamiyatli hisoblanadi, u geometric qobilyatlarini ham shakllantirishda shu faoliyatlardan foydalanadi. Aslida bolalarda buni to’g’ri shakllantirish uning ota-onasiga bog’liqdir. Oilaviy sharoitda. Bolani muassasaga bermagan holda ham uning bu faoliyatini amalga oshirish mumkin. Oddiy yo’llar bilan bolada tasviriy faoliyat oshishi mumkin, bu uning oilasidagilarga bog’liq. Bolaga nozik niholga qaralganidek qaralishi, unga o’rgatilgan har qanday metod jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar tahriri ostida. T: O'qituvchi, 1991.
2.Uchinchi ming yillikning bolasi. Ma'rifat-madadkor. T. 2002.
3.Bolalar bog'chasida estetik tarbiya (N.A.Vetlugina tahriri ostida). T., O'qituvchi, 1981.
4.Loginova V.I., Samarukova T.G.tahriri ostida. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. 2 qismli. 1-qism. T: O'qituvchi, 1991.

http://www.newjournal.org/



Yüklə 31,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin