Kalkulatsiyaning turlari. Xarajatlar hisobi va kalkulatsiyalash obyektlari. Kalkulatsiya birligi. Odiljonov Temurbek 62A-22



Yüklə 4,74 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü4,74 Kb.
#198921
Odiljonov Temurbek Kalkulatsiyaning turlari

Kalkulatsiyaning turlari. Xarajatlar hisobi va kalkulatsiyalash obyektlari. Kalkulatsiya birligi. Odiljonov Temurbek 62A-22

REJA:

Reja (smeta) kalkulatsiyasi alohida kalkulatsiya moddalari bo‘yicha hisoblangan har bir buyum, mahsulot turi yoki guruhining tannarxi bo‘lib, uning ko‘lami korxona tomonidan oldindan rejalashtirilgan tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirgan holda nazorat qilib boriladi. Shuning uchun mahsulot tannarxining reja kalkulatsiyasi normativ kalkulatsiyadan past bo‘lishi lozim

Normativ kalkulatsiya hisobot davri boshiga hisob-kitob qilinadi va korxona kalkulatsiya tuzish paytida ishlab chiqarishning texnik darajasi va mavjud texnologiyadan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan norma va normativlarni hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga moddalar bo‘yicha sarflaydi

Kutilayotgan (provizor) kalkulatsiya qishloq xo‘jalik korxonalarida 1-oktabrga, dastlabki uch choraklik (to‘qqiz oy) ichida qilingan haqiqiy xarajatlar va olingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar hamda to‘rtinchi chorakda kutilayotgan xarajatlar va olinadigan mahsulotarning taxminiy hisobi asosida tuzadilar. U har bir tarmoqning va butun xo‘jalikning joriy yildagi ishlab chiqarish natijalarini oldindan aniqlashda katta ahamiyatga ega

Haqiqiy (hisobot) kalkulatsiyasi hisobot davridagi muayyan mahsulot turiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy xarajatlarning miqdoridir. U bir vaqtning o‘zida normativ yoki reja kalkulatsiyasi bo‘yicha tannarxdan chetga chiqishlarni hisoblash uchun qo‘llaniladi.

Kalkulatsiya birligi deb, kalkulatsiyalash obyektining o‘lchoviga aytiladi. Tayyor mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritilganda, kalkulatsiya birligi ishlab chiqarish rejalarida natural ifodasida yoki tegishli mahsulot turining standartida ko‘rsatilgan o‘lchov birligi bilan mos keladi. Kalkulatsiya birligining quyidagi turlari mavjud

Yakuniy mahsulotning muayyan turlarini kalkulatsiyalash uchun natural birliklar qo‘llaniladi. Boshqa kalkulatsiya birliklari ham ishlatiladi. Bu xarajatlar to‘la tannarxni hisoblash zarurati vujudga kelganda, masalan, sotiladigan mahsulot(ish, xizmat)ning shartnoma bahosini shakllantirishda hisob-kitob qilinishi zarur. Xarajatlar hisobini mas’uliyat markazlari bo‘yicha tashkil etish muammosi bilan bir qatorda ularni xarajat markazlari (mahsulot turlari, ularning tayyorlik darajasi va sh.o‘.) bo‘yicha chegaralash uslublarini shakllantirish zarurati ham vujudga keladi.


Shuning uchun kalkulatsiyalash jarayonini umumiy ko‘rinishda
quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1. xarajatlarni tugallangan va tugallanmagan ishlab chiqarishlar
o‘rtasida taqsimlash;
2. yaroqsiz mahsulot olinganda uning tannarxini, qoplanmaydigan
xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga olib borilishini nazarda tutgan
holda hisoblash;
3. ishlab chiqarishdan qaytarib olingan chiqitlarni aniqlash va
baholash;
4. har bir kalkulatsiya moddasi bo‘yicha xarajatlarni to‘liq hisobga
olish.

THANK YOU


Yüklə 4,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin