GAZLARNI TOZALASH
3.15. Umumiy tushunchalar
Gaz aralashmalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni sanoat miqyosida ajratishdan maqsad havo iflosligini kamaytirish, qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish yoki texnologiyaga salbiy ta’sir etuvchi zararli, hamda qurilmalarni buzilishga olib keluvchi moddalarni chiqarib tashlashdir.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarning asosiy texnologik jarayonlaridan biri ifloslangan gazlarni tozalashdir. Shuning uchun, turli jinsli gaz sistemalarni ajratish kimyoviy texnologiyaning dolzarb va eng keng tarqalgan asosiy jarayonlaridan biridir.
Sanoat miqyosida chang hosil bo`lishining manbalari: qattiq jismlarni mexanik maydalash (chaqish, ezish, arralash, edirilish va ularni uzatish), yoqilg`ilar yonishida (kul hosil bo`lish), bug`lar kondensastiyalanishida, hamda gazlarning o`zaro kimyoviy ta’siri natijasida qattiq mahsulotlar hosil bo`lish jarayonida.
Odatda, changlar tarkibida o`lchami 3...100 mkm bo`lgan qattiq zarrachalar mavjud bo`ladi. Bug`lar kondensastiyalanishi natijasida 0,001...1 mkm o`lchamli mayda suyuqlik tomchilari hosil bo`ladi.
Gazlarni quyidagi tozalash usullari ma’lum:
1. og`irlik kuchi ta’sirida cho`ktirish (gravitastion tozalash);
2. inerstiya kuchlari ta’sirida cho`ktirish, ya’ni markazdan qochma kuchlar;
3. filtrlash;
4. suyuqlik bilan yuvib tozalash;
5. elektrostatik kuchlar ta’sirida cho`ktirish (elektr maydon ta’sirida).
Birinchi ikkita usulda, ya’ni og`irlik va markazdan qochma kuchlar ta’sirida, tozalash natijasida yirik zarrachalarni, qolgan usullarda esa - 20 mkm va undan o`lchami kichik bo`lgan zarrachalarni ajratib olish mumkin.
Har doim ham bitta gaz tozalash qurilmasida gazlarni kerakli yuqori darajada tozalab bo`lmaydi. Shuning uchun, amaliyotda ikki va ko`p bosqichli tozalash qurilmalari qo`llaniladi.
Gazni tozalash darajasi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
(3.67)
bu erda G1 va G2 – boshlang`ich va tozalangan gazdagi qattiq zarrachalar massasi, kg/soat; V1 va V2 – boshlang`ich va tozalangan gazlarning hajmiy sarflari, m3/soat; x1 va x2 – boshlang`ich va tozalangan gazda qattiq zarrachalar konstentrastiyasi, kg/m3.
Gazsimon turli jinsli sistemalarni tozalash jarayonining nazariy asoslari 3.1... 3.13 paragraflarda bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: |