Kimyo fanidan suv mavzusini o`qitishda barqaror taraqqiyot ta’limi tushunchalarining tatbiqi islamova maftuna Sharofiddinovna Toshkent viloyati Chirchiq Davlat



Yüklə 43,74 Kb.
səhifə1/2
tarix20.06.2023
ölçüsü43,74 Kb.
#133285
  1   2
1. Nurmamatov maqola


KIMYO FANIDAN SUV MAVZUSINI O`QITISHDA BARQAROR TARAQQIYOT TA’LIMI TUSHUNCHALARINING TATBIQI
Islamova maftuna Sharofiddinovna
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Unversiteti o‘qituvchisi
Nurmamatov Behruzbek Ismandiyor o`g`li
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Unversiteti 2-kurs talabasi.

Annotatsiya:Ushbu maqolada suv, uning ahamiyati, tabiatda aylanishi, statistik ma’lumotla va tahlillar hamda o’uchilarda ekologik tarbiyani rivojlantirishda suv mavzusining roli haqida fikrlar bayon qilingan.
Kalit so`zlar: gidrosfera, oqova suvlar, ichimlik suvi muammosi.
Barcha yerosti va yerusti suvlar – gidrosfera deyiladi. Yer osti suvlari buloqlardan chiqadigan, yer ostida yig‘iladigan suvlar hisoblanadi. Yer usti suvlarga okean dengiz, daryo, ko‘l va muzliklar kiradi. Tabiatda Gidrosferani qattiq, suyuq, bug‘ holatda ko‘rishimiz mumkin. Masalan: suv harorat ko‘tarilishi bilan bug‘lanib bulutga aylandi, bulutlar esa kun sovigani sari yomg‘irga aylanadi. Shunaqa qilib suv biosferada davriy davishda aylanib yuraveradi. Ular qaytar holatda bo‘ladi, ya’ni qattiqdan suyuq, suyuqdan gaz holatga o‘ta oladi[1,84-86]

1-chizma. Tabiatda suvning 3 xil agregat holatda aylanishi.
Okean suvlari sayyoramizdagi eng ko‘p suv hisoblanadi, biroq iste’molga yaroqsiz. Suv aylanma harakati tufayli tugamaydi. Ichimlik, iste’molga yaroqli suvlarni esa tugaydigan resurs, uni qayta ishlash orqali qayta – qayta ishlata olamiz.
Insonlar hayotida suvni ahamiyati juda kattadir. Suv inson, hayvon, o‘simlik organizmining asosini tashkil etadi. Suv metobalizim jarayonida qatnashadi. Bu degani organizmidagi ovqat hazil qilish, nafas olish, yurak urishi, qon aylanishi, haroratimiz uchun energiya hosil bo‘lish jarayonidir. Qonning 80%ni suv tashkil etadi. Qon tarkibida suvning kamayishi turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan: insult, varikoz, qon quyuqlashishi, tromboz va boshqa kasalliklariga olib keladi. Suyuk tarkibida ham suv mavjud. Suyak tarkibida suvning kamayishi artrit, bo‘g‘im og‘rig‘i, suyak mo‘rtlashishiga olib keladi. Suv bu hayot! Uning o‘rnini hech narsa bosaolmaydi. U tirik organizm uchun juda cheklangan, lekin juda muhim manba hisoblanadi. Odam va hayvon organizmi bir qismi suvni endogen yo‘l bilan o‘zi ishlab chiqaradi. Masalan, organizmdagi 100g yog‘ni parchalash uchun 107ml, 100g uglerodni parchalash uchun esa 55ml suv ajraladi.
Suvning muhim hususiyatlaridan yana biri unda fotokimyoviy jarayonlar kechishidir. Bu jaroyon ta’sirida turli xil kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Tabiatda tarqalgan 107 ta elementning 62 tasi suvda topilgan. Bu elementlar molekulalarga o‘xshab to‘xtovsiz doimo harakatda va o‘zaro ta’sirda bo‘lib turadi. Shuning uchun ham suv qattiq moddalarni parchalab tuproqni hosil qiladi, bir joyni oqizib ikkinchi joyga olib borib tashlaydi.
Atmosferadagi tirik organizm bor ekani suvga ehtiyoji mavjud. Yashash muhiti sifatida, ichimlik sifatida, o’sish uchun kerak bo‘ladi.baliqlar, suv jonivorlari uchun suv yashash muhiti sifatida kerak bo‘lsa, quruqlik jonivorlari uchun ichimlik sifatida zarur bo‘ladi, tuproqda namlikning bo‘lishi uning unumdorligini oshirish bilan bir qatorda o‘simliknin o‘sishiga zarur hisoblanadi. Hujayraning asos desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi [2,572].


Yüklə 43,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin