Kirish: Asosiy qism Shaxsni tadqiq etilish tarixi Shaxs psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida



Yüklə 60,44 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü60,44 Kb.
#193275
Kirish Asosiy qism Shaxsni tadqiq etilish tarixi Shaxs psixolog-fayllar.org


Kirish: Asosiy qism Shaxsni tadqiq etilish tarixi Shaxs psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida Shaxsni emperik o‘rganish metodologiyasi

MAVZU:SHAXS PSIXOLIGIYASI FANIGA KIRISH.
Mundarija


KIRISH:
Asosiy qism
1.Shaxsni tadqiq etilish tarixi

2.Shaxs psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida
3.Shaxsni emperik o‘rganish metodologiyasi
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish.
Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni mаvzugа oid nаzаriy bilimlаr bilan tanishtirish vа bo`lajak psixologlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash.
Darsning vazifasi: talabalardа shаxs psixologiyasi nаzаriy mа’lumotlаrigа oid bilimlarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: shаxs, psixologiya, metodologiya, eksperiment
Shaxsni tadqiq etilish tarixi
Odatda shaxs ijtimoiy fanlarning o’rganish predmeti bo’lib, ular insoniyat tarixida shaxs shakllanishining umumiy qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish jarayonida inson hayotining ijtimoiy sharoitlariga bog`liq holda shaxsning o’zgarishi bilan aloqador masalalarning mohiyatini ochib beradi.
Shaxs muammosini tadqiq qilishga tibbiy, tabiiy, ijtimoiy fanlar va falsafa fani o‘ziga xos ahamiyatga ega.
“Shaxs” kategoriyasi umumiy psixologiyaning eng muhim, tayanch tushunchasi bo’lsa, “shaxs psixologiyasi” bo’limi uning asosini tashkil etadi. Psixologiyaning bu sohasini bilish har qanday musutaxassisga samarali ishlash imkonini beradi.
Shaxs psixologiyasi XX asrning birinchi o’n yilligida eksperimental fanga aylandi. Biroq nazariy tadqiqotlar ancha oldinroq amalga oshirila boshlangan. Shaxsni o’rganish tarixida uchta asosiy davrni ajratish mumkin:
• Falsafiy-adabiy davr;
• Klinik davr;
• Sof eksperimental davr.
1.Shaxsni tadqiq etilish tarixi

Falsafiy-adabiy davr. Bu davr antik davrdan boshlanib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Bu davrda shaxs psixologiyasiga tegishli ma’lmotlar asosan faylasuf va yozuvchilar asarlarida o’z aksini topgan va ularda shaxsning axloqiy va ijtimoiy tabiati mhokama etilgan. Falsafiy-adabiy davrdagi shaxsning ta’rifi juda keng qamrovli bo‘lib, o‘z ichiga shaxsning biologiyasini, psixologiyasini, xulq-atvorini, madaniyatini va hatto mol-mulkini ham qamrab olgan.


Frantsuz faylasufi Eten de Kondilyak o’zining “ Sezgilar haqidagi traktat”ida shaxsni turli sezgi parchalaridan yig`ishga harakat qilgan. F.M. Dostoevskiy har bir kishi uchun xos bo’lgan “yashirin odam” haqida yozadi. Uning fikricha, mazkur “yashirin odam” tashqariga chiqishga urinib ko’radi, shuningdek har bir kishining “niqobi” ham mavjud bo’lib uning haqiqiy qiyofasini yashirib turadi.
Klinik davr. XIX asrning birinchi o’n yilligida shaxs psixologiyasi muammosi bilan ko’proq shifokor-psixiatrlar shug`ullanishgan. Ular birinchilardan bo’lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib borishga muvaffaq bo’lishgan, inson shaxsining tabiati to’g`risida umumilmiy xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida shaxs haqidagi tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan. Keyinchalik aniqlanishicha, sog`lom kishilarda kuchsiz ifodalangan xususiyatlar bemorlarda juda kuchli (gipertrofiya) holatida namoyon bo’ladi.
Shifokor-psixiatrlarning shaxsga bergan ta`rifi bilan normal, patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin. Bunday ta`riflar psixoterapevtik vazifalarni echish uchun to’g`ri bo’lishi mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi.
Eksperimental davr. XX asrning birinchi o’n yilligida shaxsni o’rganish bilan professional psixologlar shug`ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e`tibor berishgan edi. Bu sohadagi tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o’rganishga atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo’ldi. Mazkur yondashuv inson psixolgiyasini jarayon va holatlarga bo’lishni talab qilardi. Unga ko’ra inson alohida psixik funktsiyalarning yig`indisi bo’lib, ulardan shaxsni yig`ish va ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo’ladi.
Shaxsni eksperimental o’rganish Rossiyada A.F.Lazurskiy, angliyada G.Ayzenk va R.Kettellar tomonidan boshlab berilgan.
XX sr boshlaridayoq Olimlar mavjud tadqiqotlarga eksperiment tusini berib, ishonchli ma`lumotlar olish, farazlarni aniq tekshirish, ular asosida tajribada tekshirilgan nazariyalarni yaratish uchun natijalarni tahlil qilishning matematik-statistik usullarini joriy etishdi. Eksperimental davrning eng muhim vazifasi normal shaxsni baholashning ishonchli va validlikka ega test metodlarini ishlab chiqishdan iboratligi tan olindi. XX asrning 30-yillari oxirida shaxs psixologiyasida tadqiqot yo’nalishlarining faol differentsiatsiyasi boshlandi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmida shaxs psixologiyasida o’rganiladigan ko’plab yondashuv va nazariyalar vujudga keldi.
Ana shu nazariyalarni umulashtirgan holda quyidagi yo‘nalishlarni tahlil qilish mmkin.
Shaxsning xulqiga ta’sir ko‘rsatvchi omillarga qarab uchta yondashuvni ajratish mumkin: psixodinamik sotsiodinamik va interaksionistik.
Psixodinamik nazariya shaxsning xulqini uning psixologik yoki ichki xarakteristikasi bilan bo-lab tshntiradi. Sotsiodinamik nazariyaga ko‘ra esa shaxs xulqining asosiy determinanti tashqi mhitdir. Ular shaxsning ichik xususiyatlariga kata ahamiyat bermaydilar. Interaksionistik nazariya tarafdorlari inson faoliyatini va xulini boshqarida ichki va tashqi omillarning roli o‘zaro bog‘liq ekanligini qayd etadilar.
Keyingi yondoshuvlarni shaxsni o‘rganish va haqda ma’lumotlar to‘plash usullariga nisbatan ikkiga ajratish mumkin: eksperimental va noeksperimental yondoshuv. Eksperimental nazariya tarafdorlari shaxs haqida ma’lumot to‘plash uchun albatta ma’lum bir yo‘l orqali tadqiqot o‘tkazish, uning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirnish shart deb hisoblaydi. Neoksperimental nazariya vakillari esa shaxsni hayotiy vaziyatlar jarayonida kuzatib, u haqdagi fikrlari va hayotiy tajribalaiga tayangan holda xulosalar yasash mumkinligiga ishonch bildiradilar va tajribalarga murojaat etish shart emas deb hisoblaydilar.
Shaxs psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida
B.M.Kedrov klassifikatsiyasidagi barcha fanlar tizimida “SHAXS” markaziy o’ringa ega.
Shaxsga psixologik sohalar predmeti sifatida turli ta`riflar berilgan. Ularning aksariyati bilan “Umumiy psixologiya” kursi doirasida tanishgansiz. Xoll K., Lindseylar “shaxs” tushunchasuga oid ta`riflarni muayyan mezon asosida quyidagicha tizimlashtiradilar:
Biosotsial ta`rif – shaxs individning “sotsial stimul qadriyati” bo‘lib, biologik omillar ta`sirida “atrof – muhitga javob reaksiyasi”ni bildiradi.
Biofizik ta`rif – shaxsni subekt sifatida o`rganib, individning o’ziga xos xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Omnibus ta`rif – shaxs individning muhim jihatlari ko’chirib o’tkazilgan birlikdir.
Integrativ ta`rif – shaxs individual xulq egasidir.
A.G.Asmolov “Shaxs psixologiyasi”ning predmetini quyidagicha izohlaydi:
Dodonov boyicha fanning predmeti:
Shaxsni emperik o‘rganish metodologiyasi
Shaxs psixologiyasini o‘rganishning 2 yo‘nalishi:
Shaxs psixologiyasining predmetiga nisbatan yondashuvlar
Shaxsni o`rganishning metodlari:
Obektiv ma`lumotlar
Psixodiagnostik metodikalarni qo’llash
Shaxsnin kundalik xulq-atvorini qayd etish
аvzu: Individ, shaxs, individuallik
Reja:
Individ va shaxs tushunchalarining mohiyati

Shaxs va individuallik tushunchasi


Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni mаvzugа oid nаzаriy bilimlаr bilan tanishtirish vа bo`lajak psixologlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash.
Darsning vazifasi: talabalardа shаxs psixologiyasi nаzаriy mа’lumotlаrigа oid bilimlarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: individ, individuаllik,shаxs.
Individ va shaxs tushunchalarining mohiyati
Ko’pgina fanlar shaxsni, odamni o’rganadi. Psixologiya shaxsning manaviy qiyofasida, uning psixik faoliyatida, uning xatti-xarakatlari va xulq-atvorida aks etadigan tomonini o’rganadi. Lekin hamisha shuni unutmasligimiz kerakki, shaxs tushunchasi - bir butun yaxlit tushunchadir. Odamning ma’naviy qiyofasini chuqur bilish uchun uning faqat psixik hususiyatlarini o’rganishgina emas, balki shaxsni fuqaro sifatidagi, jamoat arbobi sifatidagi hususiyatlarini va shu kabi tomonlarini ham yaxshi tasavvur etish zarur. Ayniqsa har qanday ayrim psixik jarayonni yoki shaxsning ayrim hususiyatini (masalan kuzatuvchanlik, iroda, xarakterini) umuman odamning manaviy qiyofasi xarakteristikasi bilan bog’lamay turib o’rganib bo’lmaydi1.
Inson tabiatini o’rganishdagi eng dolzarb muammolardan biri ijtimoiy-biologik muammodir. Odam haqida gapirilganda bu so’zning uch xil mazmunini nazarda tutish mumkin: odam biologik tur sifatida - Homo sapiens, odam individ sifatida va odam ijtimoiy uyushgan insoniyat sifatida. Bizning muhokamamiz uchun predmet shaxs tushunchasi ekan, ijtimoiy-biologik munosabatlar nuqtai nazaridan insonni individ sifatidagi jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Shaxs va individning munosabatlari bilan bog`liq muammo shaxs psixologiyasining eng muhim va qiziqarli masalalaridan biridir.
Individ nima? “Shaxs” va “individ” tushunchalari bir-biri bilan qanday munosabatda bo’ladi? Mazkur savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Individ tushunchasi insoniyat turiga mansub alohida odamni aks ettiradi, u ayni paytda ham tabiat, ham jamiyatga tegishli bo’lganligi sababli ham, “organizm”, “shaxs” degan tushunchalar bilan qayd etiladi. Agar ulardan birinchisi odamning biologik xususiyatlarini ifodalasa, ikkinchisi uning ijtimoiy qiyofasini aks ettiradi.
B.G.Ananev o’zining “Inson individini nazariy tavsiflash haqidagi nazariyasi»da quyidagi tushunchalar tizimini ilgari surdi: Individ – shaxs (odam faoliyati va bilish jarayonining sub`ekti sifatida) – individuallik. Uning fikricha, «Individ – asosan insonning biologik xususiyatlari yig`indisi; shaxs – insonning ijtimoiy va psixologik xarakteristikasi; individuallik – individning barcha tomonlari sintezidir»2.
Mavjud ta`riflarga ko’ra, “Individ - alohida, yakka holda qayd etilgan, u yoki bu usullarga asoslanib ajratib olingan predmet, har bir o’ziga xos mavjudot, o’z holicha mustaqil yashovchi tirik organizm, insoniyat jamoasidan farqli o’laroq alohida inson shaxsidir”. “Inson individi tushunchasi faqatgina insonlik turiga mansublikni ifodalaydi va o’z ichiga hech qanday aniq ijtimoiy va psixologik xarakteristikalarni olmaydi”.
“Individ” - aniq sub`ektning bo’linmasligi, yaxlitligi va o’ziga xosligini ifodalaydi. Individning shakllanishi filogenezdan boshlanadi. Yaxlit bir butun tuzilma sifatida individ turning biologik evolyutsiyasi mahsuli bo’lib, bu jarayonda organlar va funktsiyalarning differentsiatsiyasi (ixtisoslashuvi) va integratsiyalashuvi (birlashishi) vujudga keladi.
Individ – avvalo genotipik (nasliy) tuzilma bo’lib, u filogenez mahsulidir. Biroq individ genotipik tuzilma bo’libgina qolmasdan, balki uning rivojlanishi ontogenezda ham davom etadi. Shuning uchun ham individning xarakteristikasiga ontogenezda shakllangan va integratsiyalashgan xususiyatlari ham kiradi.
Ontogenez – individual organizmning rivojlanish jarayoni, insonning tug`ilgandan to umrining oxirigacha bo’lgan individual rivojlanish davri. Ontogenez – individ psixikasining asosiy tuzilmalarining individual rivojlanish davridagi shakllanishidir.
Filogenez – inson va hayvon psixikasi va xulq-atvorining paydo bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayoni; Filogenez – insoniyat tarixi davomida inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Biroq biologik mavjudot bo’lish bilan birga individ ayni paytda ijtimoiy mavjudot hamdir. Ijtimoiy mavjudot sifatida individ, bir tomondan turli-tuman ijtimoiy komponentlarning o’zaro kesishuvi bo’lsa, ikkinchi tomondan insoniyat tuzilmasining noyob, o’ziga xos borlig`idir. Shunday qilib, «individ» tushunchasi uning bo’linmasligi, yaxlitligi, alohida sub`ektga xosligi, alohida tabiiy mavjudotligi, uzoq davom etgan taraqqiyot mahsuli, individual sifatlarning tashuvchisi ekanligini ifodalaydi. Individ o’zida odamning ham biologik, ham ijtimoiy xususiyatlarini namoyon etadi. O’z taraqqiyotida u filogenetik, ontogenetik va ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini bosib o’tadi. Individ rivojlanishining ijtimoiy dasturi uning ijtimoiy mavjudot ekanligini ifodalaydi va individ rivojlanishining shaxsiyatli komponentini tashkil etadi.
“Shaxs” va “individ” tushunchalarining birligi va aynan bir narsa emasligi ko’plab savollarni vujudga keltiradi. Ular orasida eng muhimi “shaxs” iborasi bilan ataladigan individning tizimli sifatlari qanday xususiyatlarga ega ekanligidir.
A.N. Leontev shunday yozadi: «Shaxs individga teng emas; bu maxsus xususiyat o’z tabiatiga ko’ra individ tomonidan jamiyatda, u jalb qilingan ijtimoiy munosabatlar tizimida o’zlashtirib olinadi”. “Shaxs” va “individ” tushunchalarini farqlash shaxsni tahlil qilish uchun imkoniyat yaratadi. Shaxs tushunchasi psixologlar tomonidan odamga nisbatan uning rivojlanishidagi ma`lum bosqichlaridan boshlab qo’llaniladi. Individning ibtidosi esa embriogenezdan boshlanadi.A.N. Leontev shunday yozadi: «Shaxs individga teng emas; bu maxsus xususiyat o’z tabiatiga ko’ra individ tomonidan jamiyatda, u jalb qilingan ijtimoiy munosabatlar tizimida o’zlashtirib olinadi”. “Shaxs” va “individ” tushunchalarini farqlash shaxsni tahlil qilish uchun imkoniyat yaratadi. Shaxs tushunchasi psixologlar tomonidan odamga nisbatan uning rivojlanishidagi ma`lum bosqichlaridan boshlab qo’llaniladi. Individning ibtidosi esa embriogenezdan boshlanadi.
Go’dak kattalar bilan munosabatda bo’lmaguncha, ijtimoiy muhitga to’la qo’shilmaguncha shubhasiz individ, hali shaxs emas, u shaxsning shakllanish jarayonidadir. “Hayvon shaxsi”, “Chaqaloq shaxsi” degan iboralarni qo’llamaymiz. Hech kim hayvon va chaqaloq individi, uning individual xususiyatlari ( qo’zg`aluvchan, xotirjam, tajovuzkor) deb aytishda qiyinchilikka uchramaydi. Hatto ikki yoshli bolaning shaxsi haqida nafaqat genotipik, balki ijtimoiy muhit ta`sirida o’zlashtirilgan ko’plab xususiyatlarni namoyon etsa ham jiddiy gapirib bo’lmaydi. Individ tushunchasi kabi shaxs tushunchasi ham sub`ektning yaxlitligini ifodalaydi, u alohida xususiyatlar yig`indisi emas, yaxlit bir butun tizimdan tashkil topgan tuzilmadir. Shaxs esa genotipik jihatdan shartlangan, bo’linmas jihat emas, shaxs bo’lib tug`ilmaydi, shaxs sifatida shakllanadi.
Shuning uchun ham biz ontogenezning turli bosqichlaridagi kattalik davridan uncha kam bo’lmagan individual xususiyatlarga ega bo’lsa ham chaqaloq yoki go’dak shaxsi haqida gapirmaymiz. A.N.Leontevning ko’rsatishicha, “shaxs inson ontogenetik va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining nisbatan kechroq mahsulidir”. Shaxsning ibtidosi individ ibtidosidan ancha kechroq boshlanadi. Shaxs shakllanishining tarixi individning ontogenetik evolyutsiyasiga ta`siri ontogenezning ma`lum bosqichida namoyon bo’ladi, hamda shaxsning ijtimoiy faolligining oshishi va hayotiy tajriba to’plashi bilan ortib boradi. Individning shakllanishi ontogenetik rivojlanishda ya`ni uning barqaror omillari ta`sirida genotipik xususiyatlarning etilish jarayoni natijasidir. Aynan mana shunday talqin ko’plab zamonaviy nazariyalar uchun xosdir.
Odam tabiiy mavjudot sifatida individdir, u o’ziga xos gavda tuzilishi (konstitutsiyasi), asab tizimi va tipi, temperamenti, biologik ehtiyojlarning dinamik quvvatiga ega bo’lib, ontogenetik rivojlanish davomida ularning ayrimlari kengayib borsa, ba`zilari o’zgarib boradi.
Biroq shaxsni odamning tug`ma xususiyatlari o’zgarishi vujudga keltirmaydi. Shaxs maxsus insoniy tuzilmadir. Bir yaxlit tuzilma (individ)ning xususiyati boshqa xususiyat (shaxs)ga shunchaki o’tmaydi. Bu holatda birinchisi yo’q bo’lib ketadi. Shubhasiz, ular individ sifatida saqlanib qoladi. Masalan, individning oliy nerv faoliyati xususiyati hech qachon shaxs xususiyati bo’la olmaydi.
Shaxs va individuallik tushunchasi
Shaxs eng ko’p mazmunli tushunchalardan bo’lib, uning bunday ko’p mazmunliligi tushuncha bilan emas, balki uni izohlash bilan bog`liq nazariyalarga aloqadordir.
Eng muhim muammo qanday qilib mavjud turli ta`riflarni bir-biri bilan uyg`unlashtirishdir. Odatiy tasavvurlarda uchta bir tomonlama yondashuvlar o’z aksini topadi. Birinchisiga ko’ra, “har bir odam shaxsdir” (shaxsning Homo sapiens bilan ekvivalentligi mezoni), ikkinchisiga ko’ra, “shaxs o’zining mustaqil maqomiga (pozitsiyasi) ega odamdir” (sub`ektivlik mezoni), uchinchisiga ko’ra, “shaxs - mashhur odamdir” (odamning jamiyatdagi o’rni mezoni).
Psixofiziologik muammo shaxs psixologiyasidagi eng asosiy masala bo’lib, u shaxs va organizm munosabatlari masalasini transformatsiya qiladi (ko’chiradi). Inson individini ifodalash uchun ikkita tushuncha - organizm va shaxs tushunchalari qo’llanilgan.
Shaxs tushunchasi o’zida inson tabiatining ob`ektiv sifatlarining eng oliy xislatlari va birlashtiruvchi funktsiyalarini aks ettiradi. Inson tirik mavjudot ekanligi va biologik qonuniyatlarga boysunishi barchaga ma’lum, shuningdek uning ijtimoiy mavjudot ekanligi ham barchaga ma`lum.
Inson individ sifatida dunyoga keladi va shaxslararo munosabatlar va jarayonlar ta’siriga tushadi, shularning natijsida unda alohida ijtimoiy sifatlar tarkib topadi va u shaxsga aylanadi. O‘z navbatida bu jarayonda uning boshqalarda qaytarilmaydigan va o‘ziga xos bo‘lgan individalliligi ham o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Rus psixologiyasida shaxs tuzilishi haqida gapirilganda, uning tarkibiga qobiliyati, temperamenti, xarakteri, motiv va ustanovkalarini ham kiritadilar.
Ayrim mualliflar esa shaxs tarkibiga uning irodasi va hissiyotlarini ham kritishadi3.
“Shaxs” va “individuallik” tushunchalari rus psixologlarining fikriga ko‘ra, bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalardir. Bu borada olimlar tomonidan turli bahslashuvlar kelib chiqqan. Bir guruh olimlar tomonidan individuallik uni boshqalardan farqlatib turadigan xususiyatlar yig‘indisidir, ya’ni «individuallik» tushunchasi bu nuqtai nazardan “shaxs” tushunchasiga nisbatan kengroq tushunchadir. Ikkinchi nuqtai nazarga asosan, «individuallik» tushunchasi birgina insonga tegishli bo‘lgan ma’lum bir darajadagi sifatlar yig‘indisining namoyon bo‘lishi sifatida tor tushuncha tarzida qaralgan. “Shaxs” tushunchasi esa insonning ijtimoiy munosabatlarida namoyon bo‘ladigan sifatlari tarzida ta’riflangan4.
A.N.Leontevning ta`kidlashicha, “asab tizimining faoliyati shaxs shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qilsa ham, shaxs quriladigan “skelet” vazifasini o’tay olmaydi. Bu fikrlarga mos holda quyidagi shaxs ta`rifini shakllantirish mumkin: shaxs psixologik tuzilma va inson ijtimoiy individualligining birligidir.
K.Obuxovskiyning fikricha: “Shaxs – odamning ijtimoiy tarixiy jihatdan shartlangan psixologik xususiyatlari tuzilmasi bo’lib, uni yaxshi bilish xatti-harakatlarini oldindan bilish (bashorat qilish) va tushuntirish imkonini beradi. Shuning uchun, har qanday nazariyaning oldida undagi psixologik va ijtimoiy jihatlarning o’zaro nisbatini aniqlash vazifasi turadi. Shaxs tizim sifatida psixologik tuzilma va ijtimoiy borliqning birligida namoyon bo’ladi, shaxsning ijtimoiy mohiyatini ifodalaydi.
“Shaxs” tushunchasi yaxlit insonning individual qobiliyatlari va ijtimoiy rollarning bajarilishi birligini ifodalaydi. Ijtimoiy tabiatga ega shaxsning barcha rollari va o’zini-o’zi anglashi ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Shaxs individ sifatida jarayonlarning integratsiyalashuvi natijasi bo’lib, sub`ektning hayotiy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
XX asrning 60-yillarida rus psixologiyasida shaxsning tarkibiy qismlari haqida bahslar boshlangan. 1960 yillarning o‘rtalarida shaxsning umumiy tuzilishi haqida fikrlar berilib, unda K.K.Platonovning qarashlari o‘ziga xos bo‘lgan. Olim shaxs sifatida biosotsial ierarxik tuzilmani tushnadi. Uning shaxsi tarkibiga uning yo‘nalganligi, tajribasi (bilim, ko‘nikma va malakalari), atrof-muhitni aks ettirishning o‘ziga xos individual xususiyatlari (sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri) va nihoyat temperament xususiyatlarini ham kiritadi5.
Individuallik shaxs xususiyati sifatida. Individuallikning mohiyati individning o’z borlig`iga ega bo’lishi, aynan o’zi bo’lib qolishi, boshqa yaxlit tizimda mustaqil faoliyat olib borishidir.
Odamning individualligi - har bir individning betakrorligidir. Inson u o’zining atrofidagi ijtimoiy borliqdagi biror guruhga mansub bo’lsa ham o’zining mustaqilligini yo’qotmaydi, o’zligiga ega sub`ekt sifatida saqlanib qoladi.
Individual o’zlik individuallikning barcha belgilarida aks etadi. Biroq individuallik betakrorligining tub mohiyati individning tashqi qiyofasi bilan bog`liq bo’libgina qolmay, balki faoliyat sub`ekti sifatida o’ziga xos uslublarda ham namoyon bo’ladi. Individuallikni kishining jamiyatdagi hayot tarzining alohida shakli deb atash mumkin. Shaxs va individuallik tushunchalarinin taqqoslar ekanmiz, ularni bir qatorga qoyib bo’lmaydi, chunki individuallik shaxsning bir xususiyatidir.
Shaxs tushunchasida odamning alohida individ sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari aks etadi. Biroq shaxsning mohiyati ijtimoiy munosabatlari personifikatsiyasi (shaxsiyatlashuvi) bo’lsa, alohida shaxs o’zining ijtimoiy mohiyatini individuallik shaklida namoyon etadi. Individuallikda o’z qiyofasini yaratadi, o’z hatti-xarakatlarining “muallifi”ga aylanadi. “Agar shaxs inson xususiyatlari tarkibining eng yuqori “cho’qqisi” bo’lsa, u holda individuallik shaxs va faoliyat sub`ekining eng chuqur tuzilmasidir. Individuallikdan, o’zligidan xoli shaxs mavhum va real mavjud bo’la olmaydi.
“Agar inson individi o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zlashtirmay turib shaxs bo’la olmas ekan, u holda individuallikka ega bo’lmay turib o’z borlig`ini ham topa olmaydi. Shunday qilib shaxs o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy, yashash usuliga ko’ra individualdir. Unda ijtimoiylik va individuallik, mohiyat va mavjudlikning birligi mujassamdir. Shaxs va individuallik tushunchalari nafaqat o’zaro bog`liq, balki bir-birini o’zaro ta`minlaydi ham. Odam shaxsi sifatlarining shakllanishi o’zini-o’z anglash bilan o’zaro aloqadordir. Alohida olingan shaxsning xulq-atvori, o’zining ijtimoiy rol va vaifalariga munosabati uning individual ongi, riovjlanish darajasi hamda individual xususiyatlariga bog`litqdir. Shunday qilib, individuallik, nafaqat shaxs bilan aloqador, balki uning eng muhim xislatini ham tashkil etadi. Shuning uchun u ham shaxsning ta`rifi tarkibiga kirishi kerak.
Individuallik tushunchasi to’laligicha shaxs tushunchasi bilan mos kelmaydi. Agar shaxs tushunchasi odamning ijtimoiy jihatlarini, ijtimoiy mazmunini ifodalasa, ijtimoiy maqomi va qadriyatlarini aks ettirsa, individuallik tushunchasi uning turmushi shakli va usullarini ochib beradi. Tabiiy xususiyatlar o’z-o’zidan individuallikni shakllantirmaydi. Odam individi individuallikka aylanishi uchun u “birlik”, “nusxa” bo’lishdan to’xtab o’z borlig`ida - mustaqillikka ega bo’lishi kerak. Individuallik – bu alohida shaxsning muhim shakllangan xususiyati bo’lib, u tabiiy va ijtimoiy xossalarning, ong va faoliyatning birligidir.
Shunday qilib, individuallik predmetli olamda, tabiatda va kishilik jamiyatida namoyon bo’ladi. Shunga muvofiq tarzda uning uchta: predmetli, biologik va ijtimoiy shaklini farqlash mumkin”6.
Individuallikning eng muhim ta`rifiga ko’ra, u alohida odamning o’zligini aks ettiradi. Shaxs tushunchasi odamni ijtimoiy mamunini ifodalasa, individuallik tushunchasi uning hayot uslubi va shakllarini aks ettiradi. Individuallik tushunchasi odamning individuallashuv jarayoni o’zligi va betakrorligining shakllanishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir. Umuman olganda, shaxsning individualligi hayoti davomida jamiyatda o’zlashtirib boriladigan, qadriyatlar ierarxiyasida mo’ljal olishni ta`minlaydigan, motivlar kurashi paytida xulq-atvorini naorat qila oladigan, muloqot va faoliyat jarayonida, boshqalarda va o’z-o’zida zohir bo’ladigan mazmunli munosabatlar va yo’l-yo’riqlar yig`indisidir.
Tadqiqot ob`ekti sifatida shaxs o’ziga xos murakkab va ko’p qirralidir. Hozirda shaxsning ko’plab ta`riflari mavjud bo’lib, mualliflar turli metodologik nazariyalarga asoslanishadi. Biroq bir xil mazmunga ega va to’liq ta`rif berishning imkoni yo’q.
Tаkrorlаsh uchun sаvollаr:
Individgа tа’rif bering.
Individuаllik nimа?
SHаxsning individuаlligini belgilovchi xususiyatlаrni sаnаng.
SHаxs kim?
3-mаvzu: Shaxs rivojlanishi va shakllanishini harakatga keltiruvchi kuchlar
Reja:
1.Shaxs shakllanishi haqidagi nazariyalar
2. Rus psixologiyasida shaxsning ta’rifi
3. Shaxsni ekperimental o‘rganish usullari
Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni mаvzugа oid nаzаriy bilimlаr bilan tanishtirish vа bo`lajak psixologlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash.
Darsning vazifasi: talabalardа shаxs psixologiyasi nаzаriy mа’lumotlаrigа oid bilimlarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: biogenetik qonun, sotsiogenetik nаzаriya, psixodinаmik nаzаriya, shаxs shаkllаnishi.
Shaxs shakllanishi haqidagi nazariyalar
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyadan turib yondoshadilar va muammoning mohiyatini yoritishda ham o’ziga xos yondashuvlarga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o’zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan. Biologik qonunga ko’ra , shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti (filogenez)ning asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, insonning barcha psixik xususiyatlari, holatlari va o‘ziga xosligi uning biologik tuzilishi bilan bo-liqdir, ularning rivojlanishi esa bevosita biologik qonuniyatlar ta’siri ositida ro‘y beradi. Ular bu borada hayvonlarga tegishli xulq bilan insonlar o‘rtasidagi xulq ko‘rinishlariga chegara qo‘ymaydi. Bu yo‘nalish tarafdorlarining aksariyati shaxs rivojlanishini asoslashda biologik qonun bo‘lgan – rekaputilyatsiya (filogenezni qisqacha takrorlanishini) qonuniga tayanadilar. Jumladan, biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll ham psixologik taraqqiyotning "rekapitulasiya qonuni"ni shaxs rivojlanishining bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Qayd etish lozim, bu yo‘nalish asosan fiziologlar orasida keng tarqalgan va I. P. Pavlov ham shu asosga tayangan7.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir yonalishi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror) odamlar, ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlar - o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo’ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko’radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida biologizm nazariyasining eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freyd nazariyasida aks etgan. U shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog’liqdir, degan fikrni asoslashga harakat qiladi va shaxs xususiyatlarining rivojlanishini ham shu omillarga bog‘laydi8.


Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo’lgan nazariya sosiogenetik nazariya hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda roy beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi. G’arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a'zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o’zgalar bilan munosabat muloqot o’rnatishda sezilarli iz qoldiradi. AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko’pincha ko’nikmalarni egallash, bilimlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib, uning samarasi qo’zg’atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadiK.Levin tomonidan tavsiya qilingan "fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko’ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi. Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi. Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egaligini ta'kidlaydi. Kognitiv yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta'limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Alfred Adler avstraliyalik psixolog bo’lib u shaxsiyat faqatgina ichki va tashqi jarayonga bog’liq va tegishli ekanligiga ishonmagan va qo’shilmagan. Uning aytishicha shaxsga hos eng muhim belgi uning kelib chiqishidir. Masalan, eng katta farzandning boshliqlikka qobiliyatli bo’lishi, o‘rtancha farzandning erkinlik xoxlashi, eng kichigida esa o’zini yolg’iz his qilish va boshqalarni mensimaslik kabilar kuzatilisi. Amerikalik psixolog Gordon Ollport har bir shaxsni alohida o’ziga hos shaxsiyati borligini kashf etgan. U buni isbotlash uchun bevosita psixologiyaga murojaat qilgan. Ollportning fikricha shaxsiyat o’ziga hos 2 xil xususiyat bilan ifodalanadi:
1) Tabiiylikda - bunda shaxsning tabiiy hususiyatlarining roli katta hisoblanadi va u insonning hayot tarzida namoyon bo’ladi.
2) Tasviriy - bunday holatda shaxsning faqat o’zigaginga hos bo’lgan xarakterlari namoyon bo’ladi9.
Rus psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning ishlarida o’z aksini topgan. Keyinchalik bu masala bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi boyicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so’ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta'rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo’nalishlarini ko’rsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy); motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko’ra munosabat (D.B.Elkonin); shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Biz shaxs rivojlanishini o’rganar ekanmiz, asosiy e’tiborni shaxsga ta’sir etuvchi omillar sifatida faqat - biologik va ijtimoiy ta’sirlarga emas, shuningdek shaxsning hayoti davomida rivojlanish jarayoninini ta’minlovchi omillar - o’qish-o’rganish, shaxs motivlari, emotsiyalari va shaxs sog’lig’iga ham qaratish lozim. Shaxsni o‘rganishga bag’ishlangan bugungi tadqiqotlar asosiy e’tiborni shaxsning biologik rivojlanishiga va shaxsning atrof-muhitga bo’lgan munosabatiga qaratadi. Ular shuningdek shaxsga bo’lgan madaniy ta’sir shaxsning boshqalar tomonidan tan olinganlik hissi, shaxs egoizmining shakllanishiga bo’lgan ta’sirini o’rganadi, ular Freydning asosiy kashfiyoti bo’lgan ongsizlik muammosiga ham katta e’tibor qaratadi.
Jumladan, Z.Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi fikrlari shaxs rivojlanishi borasida muhim ahamiyat kasb etganligi ta’kidlashadi. Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi nazariyasining mohiyati quyidagicha: «Har birimiz ijtimoiy guruhlar a’zosi ekanmiz anglaganimiz uchun o’zimizning jinsiy va agressiv mayllarimizni nazoratda tutamiz, ularni ochiq oydin oshkora qilmaymiz. Lekin bazida ego nazoratimizning yo’qolishiga sabab bo’ladi va ana shunda ID va Super Ego orasida ziddiyat yuzaga keladi. Ego o’zini himoya mexanizmlari bilan himoyalaydi. Quyida 7 ta misol keltirilgan:
Repressiya (ongdan chiqarib tashlash) Freydning fikricha barcha himoya mexanizmlari asosida repressiya yotadi.
Regressiya (sustlashish, zaiflashish) - masalan, o’qish davomida uydan uzoqda bo’lgan talabalar o’zlarini noqulay his qilishadilar va o‘qishda sustkashlikka yo‘l qo‘yadilar.
Reaksion formatsiya – ego ongsizlikda qabul qilinmaydigan impulslarini uning teskarisiga o’xshab yaratadi, bunda o’zini munosabatini teskari tarzda ifodalaydi. Masalan, sevib qolgan qiz sevgi obektiga nisbatan sevmayman deb aytgani bilan aslida unga nisbatan qizda “Men uni sevaman” degan munosabat shakllangan bo’ladi.
Proeksiya (vaziyatga nisbatan hayolda tasavvur qilish) – shaxsni ta’qib etuvchi tahlikali impulslarni boshqalarga ko‘chirish. Freydning fikricha o’g’ri hammani o’g’ri deb hisoblaydi. Bunda shaxs o’z impulslarini boshqalarga ko’chirib fikrlaydi.
Ratsionalizatsiya – bunda shaxs qilayotgan hatti-harakatlarini oqlash uchun ongli ravishda bahonalar to‘qiydi. Buning natijasida haqiqiy sabablarni bekitib, boshqa sabablar keltiradi. Masalan, imtixondan yiqilgan talaba «Men yaxshi o’qigan edim, lekino’qituvchi menga past baho qoydi», - deb o‘zini oqlaydi.
Boshqasiga almashtirish (o‘rnini to‘ldirish) – shaxsning o‘z jinsiy yoki agressiv impulslarini unda impuls hosil qilgan ob’ektga nisbatan ma’qulroq bo‘lgan boshqa ob’ektga ko‘chirish yoki qaratish. Masalan, boshlig’idan jahli chiqqan er xotinidan alamini oladi. Yoki imtihondan o‘ta olmagan talaba o‘z alamini xonadoshi yoki guruhdoshiga sochishi mumkin.
Qarshilik ko’rsatish – masalan, o’layotgan bemor o’z kasalligini rad etadi. Ichkilikka berilgan o’g’lining qilmishlarini ota-ona tan olmaydi.
Taniqli psixolog olim Karl Yung Ollport nazariyalariga o’xshab yagonalikka hos bo’lgan mulohaza va savollarga javob bergan. Yung ishonadiki, har bir insonning alohida tushunadigan yoshlari, timsoli bo’ladi10.11
L.N.Tolstoy ro‘parasidagi odamga chuqur ma’noga ega va ajoyib bir fikrni bayon qilgan edi: «... men sizni birinchi marta ko’rib turibman, boshingiz, qo’llaringiz, oyoqlaringiz barcha odamlarnikiday, yuzingiz bichimi ham shunaqa yohud o’zgacha. Buni men ham ko’rib turibman, hamma ham ko’radi. Ammo, agar men ko’nglingizga yo’l topolsam, shu joyga qo’l sola olsam (u bir qo‘lini ro‘parsidagi shaxsning yelkasiga, ikkinchi qo’lini esa ko’ksiga qoydi), agar o’sha joyda bor bo’lgan narsani oshkora qila olsam (tashqariga chiqara olsam) men kishini hayajonlantira olaman, ko’ziga yosh oldira olaman, barcha hislarini qo’zg’atib yubora olaman, ko’zga ko’rinmas odamni ana shunday yaqqol shaklda ko’rsata olaman va u holda men chinakam sa’natkor bo’laman”, degan edi.
Rossiyalik psixofiziolog Ivan Pavlov shaxs xulq-atvorini tasvirlab berishda o’z nazariyasini ilgari suradi. Uning nazariyasiga ko’ra xulq-atvor shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi deb ta’kidlagan. Bu holatda insonlar atrof-muhitga nima berayotganlarini osongina tushunib yetadi va javob beradi. Uning nazariyasida faollik va ishyoqmaslik to’g’risida savollarga javoblar berilgan.
Rus psixologiyasida shaxsning ta’rifi

Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’riflar berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasavvur qilishgan.


Shaxs muammosi rus psixologlari tomonidan juda keng va chuqur o‘rganilgan mavzlardan biri bo‘lib, quyida rus psixologlari tomonidan shaxsga berilgan ta’riflarning tahlillarini keltirib o‘tamiz.
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs – bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ektidir.
A.N.Leont’ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va shaxsga shunday ta’rif beradi: shaxs faoliyat sub’ektidir.
K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o‘z rolini anglovchi, jamiyatning ishiga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi.
Bu muammoning mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteynning ta’rifiga ko‘ra, shaxs – bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o‘zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo‘llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini oldingi mavzuda aniqlashtirib o‘tganimiz uchun, bu tushunchalarning rus psixologlari tomonidan keltirilgan talqiniga qisqacha ta’rif berib o‘tish maqsadga muvofiq.
Odam sut emizuvchilar sinfiga daxldorligi, biologik jonzot ekanligi uning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini biologik tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniga ham egadir.
Shaxs jamiyatda o‘z mehnati tufayli ma’lum bir o‘rin egallagan, jamiyatdagi qonuniyatlar asosida rivojlanuvchi, til yordamida boshqalar bilan normal muloqot va munosabatga kirishuvchi odam shaxsdir. Shaxsning asosiy tavsifi uning ijtimoiy mohiyatida ifodalanadi.
Individuallik – har qanday insonning betakror, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishidir. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi.

Rus psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir ham bir qancha izlanishlar olib borilgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega:


Yo‘nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
Bu muammoning mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteynning ta’rifiga ko‘ra, shaxs – bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o‘zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo‘llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini oldingi mavzuda aniqlashtirib o‘tganimiz uchun, bu tushunchalarning rus psixologlari tomonidan keltirilgan talqiniga qisqacha ta’rif berib o‘tish maqsadga muvofiq.
Odam sut emizuvchilar sinfiga daxldorligi, biologik jonzot ekanligi uning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini biologik tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniga ham egadir.
Shaxs jamiyatda o‘z mehnati tufayli ma’lum bir o‘rin egallagan, jamiyatdagi qonuniyatlar asosida rivojlanuvchi, til yordamida boshqalar bilan normal muloqot va munosabatga kirishuvchi odam shaxsdir. Shaxsning asosiy tavsifi uning ijtimoiy mohiyatida ifodalanadi.
Individuallik – har qanday insonning betakror, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishidir. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi.
Rus psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir ham bir qancha izlanishlar olib borilgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega:
Yo‘nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar – hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
Individual tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyat-larda aks etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga ko‘ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega:
1. Yo‘nalganlik osttuzilishi – shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabat-larini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko‘lami (hajmi) darajalarini farqlash lozim.
2. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi – ta’lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
3. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi – ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4. Biologik shartlanganlik osttuzilishi – miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo‘nalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta’min-lovchi tizim, o‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter tizimi irodaviy va ma’naviy sharoitlarga ajraladi.
4. Mashqlar to‘plami – hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘zini-o‘zi boshqarishni ta’min-laydi.
3. Shaxsni ekperimental o‘rganish usullari
Yuqorida psixologiyada shaxsni nazariy jihatdan o‘rganish bilan bog‘liq bir qancha fikrlarni yuqorida ko‘rib chiqdik. Zamonaviy psixologiyada shaxsni ekperimental o‘rganish dolzarb bo‘lib qolganligi uchun bu borada olib borilayotgan ishlar tahlilini keltirib o‘tamiz.
Tadqiqotchi shaxsni o‘rganar ekan ikki narsani aniq bilishi kerak: birinchisi, qanday usulda o‘rganish va ikkinchisi, shaxsning qaysi xususiyatini o‘rganish.
Hozirda shaxsni o‘rganishda ma’lumot to‘plashning uchta asosiy usuli mavjd bo‘lib, shaxs haqida ma’lumot to‘plashning bu usllari odatda L, Q va T - ma’lumotlar deb nomlanadi.
Shaxsning kundalik hayotidagi real xulq-atvori haqida olingan ma’lumotlar L-ma’lumotlar (life record data) deb nomlanadi. Agar ma’lumot to‘plashning bu usulini qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak, shuni alohida qayd etish lozimki, bu usul tashqi kuzatishlarga va shaxsning ma’lum bir xatti-harakati yoki muvoffaqiyatini qayd etishga tayanadi. L- ma’lumotlar ko‘pincha boshqa usul orqali olingan natijalarning validligini aniqlashda yordam berish uchun qo‘llaniladi. Qayd etish lozim, ushbu usul bir qancha kamchiliklarga ega. Birinchi navbatda, haddan tashqari sub’ektivlilikka asoslanishini – uning kamchiligi sifatida qayd etish mumkin.
Shu o‘rinda Gordon Olportning Z.Freyd bilan uchrashuvidan olingan bir misolni keltirish o‘rinlidir. G.Olport talabalik davrida Z.Freydning oldiga o‘zini qiziqtirgan savol bilan boradi. Bu haqda G.Olport shunday hikoya qiladi: «Freyd meni o‘z xonasiga taklif qildi va menga o‘z fikrlarimni to‘plab olish uchun imkon bergan misol jim qarab turdi. Men noqulaylik sezib to‘g‘ri kelgan mavzudan gap ochishga urundim va hozirgina yo‘lda kelayotib kuzatganim 4 yoshli bolaning xulqidagi fobiyaga tegishli misjlni aytib berdim. Bola oyisiga «Men bu yerda o‘tirmayman, chunki juda kir ekan», «Mana bu irkit amaki mening yonimda o‘tirmasin» deb qayta-qayta takrorlardi. Men angladimki, uning nazarida hamma narsa kir bosgandek ko‘rinardi, uning onasi uy bekasi ekanligi toza va saranjom kiyinganligidan ma’lum edi. Undagi notozalikdan qo‘rquv onasining ta’siri bo‘lsa kerak deb o‘yladim va bu haqda Freydga aytdim.
Shunda u menga «Bu bolakay siz emasdingizmi?» deb savol berdi. Men uyalib gapni boshqa mavzuga burdim. Uning motivatsiyani tushunmaganligi meni hayron qoldirgan edi».
Ushbu misolda G.Olportning motivatsiyasini oddiy kuzatish yoki hatto uning gaplarini tinglab ham anglay olmagan byuk psixologni tanqid qilish uchun emas, balki yuqoridagi usl orqali ma’lumot to‘plashda sub’ektivlilikning ta’sirini tushuntirish uchun keltirdik.
Shaxs haqida ma’lumot to‘plashning ikkinchi usuli turli xil savolnoma va metodikalarga javob berishdan foydalanish orqali ma’lumot to‘plash usuli bo‘lib, bu usul ayni kunda juda keng tarqalgan. Ushbu usul orqali to‘plangan ma’lumotlar shaxs ekperimental psixologiyasida Q- ma’lumotlar (questionnaire data) deb atalishi qabul qilingan. O‘zining instrumental tzilishining soddaligi va ma’lumot olishning osonligi bois ushbu usul shaxsni tadqiq etishda birinchi o‘rinda turadi. Lekin qayd etish lozim, bu usul ham kamchiliklardan holi emas. Bu usul shaxsning o‘zi haqidagi ma’lumotlarni o‘zi baholashi asosida kechishini yuqorida qayd etgan edik, shunga ko‘ra olinayotgan ma’lumotlarda faktlarning buzib ko‘rsatilishi natijasida xatoliklarni keltirib chiqarishi mumkin va natijada sinaluvchi intellektning va madaniyatning past yoki yuqori ko‘rsatkichda bo‘lib qolishiga; sinaluvchining motivatsiyasida o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki ayrim sinaluvchilarda ataylab o‘zini jamoatchilikka yaxshi ko‘rsatishga intilish mavjud bo‘lsa, ayrimlarida o‘z kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish ustun bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari matndagi so‘zlar yoki tasdiqlarni yaxshi tushunmaslik natijasida ham noto‘ri ma’lumotlarga ega bo‘lib qolish mumkin.
Shaxs haqida ma’lumot to‘plashning uchunchi usuli ob’ektiv ma’lumotlarni qayd etish bilan yuqoridagiladan farqlanadi. Bu usulda olingan ma’lumotlar T- ma’lumotlar (objective data) deb yuritiladi.Ushbu usul ham o‘ziga xos kamchiliklardan holi emas. Masalan, uning sermashaqqatliligi - natijalarni tahlil qilishning haddan tashqari murakkab va ko‘p mehnat talab qilishi kabilar.
Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan usullarning barchasida kamchiliklar mavjud. Faqat so‘rovnomalar orqali shaxsni tadqiq etish usuli boshqalariga nisbatan keng tarqalganligini va foydalanilayotganligini qayd etish joiz. Buning sababi, uning soddaligi bilangina belgilanmaydi, balki bu usulda olingan natijalar orqali shaxsning xususiyatlarini bir necha turlarga bo‘lish va ularga tavsif berish imkoni ham mavjudligi uning ommalashuviga sababdir. Bu usulning yana bir afzalligi natijalarni tahlil qilishda matematik usulllardan foydalanish imkoni borligidadir.
Xorijda shaxs psixologiyasini ekperimental o‘raganayotgan ayrim tadqiqotchilar har qanday savolnoma yoki anketa ham tekshiriluvchi va tadqiqotchi o‘rtasida bavosita munosabat bo‘lganligi bois aniq ma’lumot bera olmaydi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, shaxs to‘g‘ri javob berishi mumkin bo‘lgan usul – bu intervyu yoki o g‘zaki suhbatlar bo‘ilishi mumkin.
Shuningdek xorijda shaxsni qanday usulda o‘rganishdan ko‘ra uning qaysi jihatlarini o‘rganilsa ko‘proq ma’lumot berishiga e’tibor qaratishgan.
Shaxsni eksperimental jihatdan tadqiq etishni dastlab boshlagan taniqli olimlardan biri Z.Freyd shaxsning ongsizlik sohasini tadqiq etish muhimligini ta’kidlaydi. U o‘zining Id va Superego o‘rtasidagi tafovutlar sabab kelib chiqadigan xavotirlanishlar va buning natijasi bo‘lgan jinsiy va agressiv mayllar shaxs xulqini boshqaruvchi motiv ekanligini ta’kidlaydi. Neofreydistlardan A.Adler, K.Xorni, K.Yung kabilar esa Freydning bu ta’limotini qabul qilish bilan birga, shaxsda jinsiy va agressiv mayllardan tashqari boshqa motivlar ham borligini va Egoning shaxsni boshqarishdagi roli kattaroq ekanligini ta’kidlash orqali Freydga qarshi chiqadilar.
Freydning ongsizlikni tadqiq qilish orqali shaxs xulqini o‘rganish mumkin, degan fikriga qarshi chiqqan taniqli psixologlardan yana biri G.Olport bo‘lib, u yuqorida keltirilgan misol orqali ham shaxs xulqiga faqat yashirin motivlar emas, balki ongli motivlar (masalan, qiziqish) ham ta’sir etishi mumkin deb hisoblagan. Va Olportni shaxsning xarakteri yoki xulqini namoyon qilishiga nima ta’sir qilishi emas, balki ularning individual xususiyatga ega ekanligi ko‘proq qiziqtirgan.
Gans Ayzenk shaxsdagi ekstroversiya-introversiya hamda hissiy tur g‘unlik va notur g‘unlik holatlarini aniqlashga harakat qilgan.
A.Maslou shaxsni o‘rganishda uning ehtiyojlari kata rol o‘ynaydi, deb hisoblagan. U bir qancha mashhur odamlar bilan o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida mashhurlar o‘z ehtiyojlarini qondirishda etiborni o‘z-o‘ziga emas, vazifalarni yechishga qaratganligini aniqlagan. Ya’ni uning fikricha, ehtiyoj paydo bo‘lganda «men shuni istayapman», deb qo‘l qovushtirib o‘tirgan kishiga nisbatan, «buning uchun nima qilishim kerak» deb yo‘nalgan kishi ko‘proq muvoffaqiyatga erishar ekan.
Shaxs psixologiyasini o‘rgangan va uni tadqiq etishda katta yutuqlarga erishgan Karl Rodjers ham Maslou kabi o‘zini namoyon qilishga e’tibor qaratadi va uning fikricha – barcha insonlar ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish va o‘sish uchun imkoniyatlarga ega, faqat tashqi to‘siqlar bu o‘sishga xalaqit bermasa. U ijobiy o‘sishga yordam beruvchi 3ta shartni aytadi: samimiylik, ma’qullash, hamdard bo‘la olish. Karl Rodjers shaxsning xarakter sifatlarini o‘rganar ekan, shaxsni o‘rganish uchun eng muhimi uning «Men konsepsiyasi» ekanligini ta’kidlaydi. «Agar bizning «Men konsepsiya»miz ijobiy bo‘lsa, u holda biz xotirjam harakat qilamiz va dunyoni ijobiy qabul qilamiz, aksincha bo‘lsa biz o‘zimizni baxtsiz his qilamiz va hayotdan qoniqmaymiz», deydi Rodjers. Shuning uchun K.Rodjers psixiatrlarga, ota-onalarga, o‘qituvchilarga va do‘stlarga yaqinlariga o‘zlarini bilib olishlari, anglashlari va qabul qilishlari uchun metodikalarga to‘g‘ri javob berish lozimligini uqtirishni ta’kidlaydi.


Xulosa
Shaxsning o‘ziga baho berish sohasini o‘rgangan olimlar Tori Xiggins va Djon Bar tadqiqot jarayonida sinaluvchilarga o‘z-o‘ziga va boshqa odamlarga iliq va yaxshi gaplar aytish topshiri g‘ini beradi. Ularning xulosasiga ko‘ra, o‘ziga yaxshi munosabatda bo‘ladiganlar uyqusizlikdan azob chekmaydilar, tashqi ta’sirlarga qarshi tura oladilar, salbiy illatlarga moyilligi kamroq bo‘ladi, murakkab vaziyatlarda ancha xotirjam bo‘ladilar va boshqalarga nisbatan o‘zlarini baxtli his qiladilar. O‘zini past baholaydiganlar esa o‘zini omadsiz deb hisoblaydilar va o‘zlariga aytish uchun yaxshi so‘zlar ham topa olmaganlar. Ularda depressiyaga moyillik kuzatilgan. Va o‘z orzulariga yetisha olmaganligi uchun o‘zlarini baxtsiz hisoblashgan.
Shaxsni eksperimental jihatdan o‘rganayotgan tadqiqotchilarning e’tiboridagi yana bir masala uning o‘z o‘zini oqlashi bilan bog‘liq xususityalardir. Odamlarda o‘zining yomon ishlariga nisbatan yaxshi ishlari uchun javobgarlikka moyillik kuchliroq bo‘lar ekan. Masalan, imtihondan o‘ta olmagan talabalarning aksariyati o‘zini emas, imtihonni yoki imtihon oluvchini ayblashar ekan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, aksariyat odamlar o‘zlarini o‘z tengdoshlari yoki o‘z hamkasblariga nisbatan yaxshi o‘qiyotgan, yaxshi ishlayotgan deb hisoblar ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori-T 1997 y.

2. Karimov I.A.O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li-1992y.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni-T.1997y.

4. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.1997 y.

5. Yarashevskiy M.G. Psixologiya v XX stoletii M.1971.

6. Zigler D. Teorii lichnosti-SPb, Piter-Press, 1997.

7. Lyadus V.L.-Metodika prepodavaniya psixologii. Iz.vo. URAO 2000.



8. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: «O`zbekiston», 1992.
http://fayllar.org
Yüklə 60,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin