Kirish aт “Aloqabank” ning shakllanish tarixi aт “Aloqabank” ning boshqaruv strukturasining tavsifi Korxona ichki va tashqi aloqalari aт “Aloqabank” ning iqtisodiy



Yüklə 494,44 Kb.
səhifə1/22
tarix28.11.2023
ölçüsü494,44 Kb.
#169163
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Aloqabank




Kirish

  1. AТ “Aloqabank” ning shakllanish tarixi

  2. AТ “Aloqabank” ning boshqaruv strukturasining tavsifi

  3. Korxona ichki va tashqi aloqalari

  4. AТ “Aloqabank” ning iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

  5. Korxona iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo`llari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH
Oxirgi yillarlda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no- mazmundagi va samarali islohotlar, ya’ni iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo’yicha puxta o’ylangan izchil siyosat amalga oshirilmoqda.
“ ...davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o’ta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun O’zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo’yicha kuchli milliy g’oya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur O’zbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim”1.
Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lmagan jamiyat rivojlana olmaydi. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo'lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko'rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti bo‘lgan tijorat banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash mexanizmi, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Banklarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular o'z mablag’lari bilangina emas, balki omonatchilar va kreditorlar, aksionerlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan mablag’lar bilan, ya'ni keng jamoatchilik bilan ish ko'radi. Hozirgi kunda insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo'jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta'minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Jahon bozor infratuzilmasining eng rivojlangan bo’g’inlaridan biri bu shubhasiz, bank tizimidir. Bank ishining samaradorligi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshliligini asosan bankning litsenziyalash amaliyoti bilan bog’liq. Bugungi kunda bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Bunda muhtaram Prezidentimizning mustaqil O’zbekistonning milliy iqtisodiyotini yaratish, uni yanada rivojlantirishga qaratilgan keng chora-tadbirlari dasturi amal bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o'rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko'lamining oshishiga xizmat qilmoqda. 2018-yil davomida bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar doirasida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar davom ettirildi2
O’zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturning joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad - O’zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg’a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
Amaliyot maqsadi nazariy bilimlarni bevosita amaliyotga joriy etish, statistik materiallar bilan tanishish va kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini o'rganishdan iborat edi.
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar belgilandi:

  • Tashkilotning umumiy va tashkiliy ishlab chiqarish tavsifi o’rganish

  • Tashkilotning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash

  • Tashkilotning boshqarish usullarini tahlil etish

  • Iqtisodiy baholash, tahlil va rеjalashtirish

  • Xo’jalik faoliyatini rеjalashtirish bilan tanishish

  • Rеjaviy davr boshlanishidagi tashkilotning moliyaviy holatini baholash

  • Tashkilotda ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish, tashkilot resurslaridan foydalanish holati bilan tanishish



Yüklə 494,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin