Kirish I. Dehqonchilik aytimlari



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə1/17
tarix05.12.2023
ölçüsü176,5 Kb.
#174023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Dehqonchilik aytimlari-fayllar.org

Mundarija


KIRISH……………………………………………………………………….….2-4
I. Dehqonchilik aytimlari…………………………………………………….…..5-6
1.1. Dehqonchilikka aloqador qo’shiqlar………………………………...……..7-10
1.2. Chorvachilik qo’shiqlari …………………………………………...……..11-14
II. Mehnat qo`shiqlarining tabiati ………………………………………….…15-18
2.1. Hunarmandchilikka aloqador qo’shiqlar ………………………………....19-22
2.2. Mavsumiy marosimlar folklori ………………………………………..…23-26
XULOSA………………………………………………………………….…...27-28
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR………………………….……………..29-30

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbek xalq musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, asrlar davomida rivojlangan. Musiqa namunalari ilk o‘rta asr manbalarida o‘z aksini topgan. Tarixiy obidalar, devoriy naqshlar, turli sopol buyumlarida ko‘rsatilgan san’at namunalari shundan dalolat beradiki, O‘rta Osiyo mamlakatlarida madaniyat va san’at boshqa hayotiy jabhalar bilan uzviy rivojlanib kelgan. Insoniyatning musiqaga bo‘lgan munosabati, ular haqida birinchi ma’lumotlar «Avesto» asarida ko‘rsatilgan. So‘ng xonandalar, sozandalar, raqqoslar, shoirlar va ijod ahlining yaratgan asarlari birin-ketin tarixiy asarlarda o‘z aksini topgan. Borbad, Marvaziy, A.Forobiy, Ibn Sino, A.Xorazmiy, S.Urmaviy, A.Jomiy, Z.Husayniy, D.Changiy, N.Buxoriylarning o‘z asarlari orqali olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlari asrlar davomida meros bo‘lib kelgan hamda hozirgi kunda zamonaviy musiqa madaniyatining yaratilishida zamin bo‘lib qolmoqda. Madaniy marosimlarimiz o‘rganish faqat ilmiy jihatdan katta ahamiyat kasb etibgina qolmay, ayni vaqtda, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy xazinadan bahramand bo‘lishda hamda insonning barkamol bo‘lib shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Shunday ekan, beqiyos merosni asrash, avaylash, ularni har tomonlama jiddiy o‘rganish bilan bir qatorda, uni yoshlar ongi va qalbiga jo qilish masalasi eng muhim vazifalardan biridir. Musiqa, asosan, odamlarni birlashtirish, ularni umummehnatga chorlashga qaratilgan edi. Masalan, jamoa erkaklarining turli xil balandliklarga ega ovoz (jangovor) hayqiriqlari ov jarayonida hayvonlarni qopqonga tushirishda ulkan vosita bolib xizmat qilgan bo‘lsa, qushlarni kuylashiga o‘xshagan xush ohangli xushtak chalishlari ovchilarga yovvoyi qushlarni tutishda yordam bergan. Musiqaning bunday o‘ziga xos “vositachilik” sifati keyinchalik yer bilan ishlash jarayoni (dehqonchilik)da mehnat qo‘shiqlari yaratilishiga asos bo‘ldi. Lekin ibtidoiy odamlar musiqani g‘ayritabiiy kuchlar boshqaradi deb o‘ylashgan. Shu tufayli musiqani yomon, yovuz kuchlardan saqlaydigan, boshlangan ishga esa muvaffaqiyat keltiradigan omil sifatida e’zozlaganlar. Masalan, hayvonlarni o‘z tomonlariga og‘dirish uchun hayvon terisini yopi nib qo‘shiq aytganlar yoki hayvonlarga taqlid qilib raqsga tushganlar. Hayvon bilan olishayotgan, hayvon terisidan yasalgan qo‘g‘irchoqqa yoy otishayotgan pantomimani tasvirlab o‘zlariga ovda omad keltiradi deb o‘ylaganlar. U davrlarda musiqa, raqs, pantomima va muqaddas marosimlarning barchasi bo‘linmas sinkretik birlikda edi. Bu yerdagi “O’yinlar’ mohiyati qatnashchilarga xursandchilik bag‘ishlagan bo‘lsada, keyinchalik estetikaning boshlanishiga olib kelgan. San’atning shakllanishi taxminan mana shunday boshlangan. Musiqaning boshlang‘ich shakli ovozda hayqirish tovushlarini tartibli kuyga solish bilan bog‘liqdir. Insonning o‘z ovozini “egallash” va boshqarish jar ayoni esa juda uzoq va davomli kechgan. Bunda betartib xatolik ohang-tovushlaridan asta-sekin muayyan ma’noli kuylarga o‘tilgan. Kuylar aniq balandlikga ega tovushlar asosida chalingan. Cholg‘u musiqasi keyinroq paydo bo‘lgan. Insonning tobora rivojlanib borayotgan ish faoliyati jarayonida yangi mehnat qurollari bilan birga nisbatan mukammal musiqa cholg‘ulari ham paydo bo‘la boshlagan.

Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin