KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo miqyosida kuzatilayotgan ekologik holatning o‘zgarishi hayvonot olamining bioekologik xususiyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi koksidlarning ham morfologik o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli, tabiiy landshaftlarda koksidlarning xilma-xilligini aniqlash, ularning o‘simliklar bilan morfo-biologik bog‘lanishlarini asoslash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoda tabiiy va antropogen sharoitlarda tarqalgan koksid guruhlarining atrof-muhit va biologik tizimlarga ta’sirini belgilash ularning populyatsiyalariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va morfologik o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Bu borada, jumladan Coccinea kenja turkumi vakillarining cho‘l, adir, tog‘ mintaqalari va urbanlashgan hududlarda turlar xilma-xilligi, moslashuvchanligi, morfologiyasi va biologiyasini hisobga olgan holda koksidlarning morfologik o‘zgarishlarni izohlash, populyatsiya biologiyasini asoslash va jiddiy zarar keltiruvchi turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga alohida etibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi PF-46-son respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga asosan so‘nggi yillarda aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar hamda (https://lex.uz/uz/docs/5801444), Respublikamizda qishloq xo’jaligining turli tarmoqlari qatorida bog’dorchilikni davlat dasturlari asosida rivojlantirish orqali aholini meva-sabzavot mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirishga katta e’tibor qaratildi. Bu borada, jumladan, yangi intensiv bog’lar tashkil qilinib, ularda hosildorlikni oshiruvchi qator tadbirlar yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida1 mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, pista bog’lariga zarar yetkazuvchi pista yostiqsimon qurtining mavsumiy dinamikasini aniqlash, unga qarshi uyg’unlashgan himoya tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 19 sentabrdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi” Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PF-4246-son “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi “Hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to’g’risida” gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.